Musulmon dunyosi Suriya urushini tugatish yo’llarini izlamoqda

  • Amerika Ovozi

Musulmon davlatlar yetakchilari Misrda ko’rishib, Suriyadagi urushni tezroq tugatish haqida fikr almashayapti.

Islomiy hamkorlik tashkilotining ikki kunlik sammitida Misr rahbari Muhammad Mursiyning rejasi, xususan, Suriyadagi barcha kuchlar ishtirokida muzokara o’tkazish tashabbusi qo’llab-quvvatlangan.

Suriya xalqini domiga tortgan fojeaga barham berish kerak, deydi Mursiy. 57 a’zolik islomiy tashkilot prezident Bashar al-Assad hukumatini aksariyat zo’ravonliklar uchun javobgar deb topib, mamlakatni safdan chetlatgan edi.

Suriya harbiy samolyotlari poytaxt Damashqqa yetaklovchi katta yo’lni bombardimon qilib, shu tariqa isyonchilarni chekinishga majbur qilmoqchi.

Britaniyada asoslangan huquq tashkilotining bildirishicha, shahar janubida kecha shiddatli janglar kechgan va qo’zg’olonchilar Damashq markaziga kiray deb turibdi.

Davlatga qarashli SANA axborot agentligi terrorchilar shimoliy tumanlarga o’q yog’dirib, bir necha kishini o’ldirgani haqida xabar qilmoqda. Prezident Bashar al-Assad ma’muriyati isyonchilarni terrorchi deya ta’riflab keladi.

Qo’zg’olonchilar esa poytaxtni ozod qilishga harakat qilayotganini aytadi. Faollar so’zlariga ko’ra, Damashq janubida falastinlik qochqinlar lagerida kuni-kecha besh odam, chorshanbaning o’zida mamlakat bo’ylab kamida 170 kishi nobud bo’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG