1001 kashfiyot - islom olamining oltin asri

  • Amerika Ovozi

Dunyo xartiasi, jahongashta olim al-Idrisi tomonidan XII asrda bitilgan

Dunyo xartiasi, jahongashta olim al-Idrisi tomonidan XII asrda bitilgan

AQShning Los-Anjeles shahrida islom olamining ilm-fan rivojiga qo’shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi ko’rgazma ochildi.

“1001 kashfiyot” deb nomlangan ekspozitsiya, tashkilotchilar ta’rifiga ko’ra, global ta’limiy tashabbusdir.

Raqamlar tizimi qachon paydo bo’lgan? Amerika aks etgan ilk xarita muallifi kim?

Bu ko'rgazma islom olamining “oltin asri” haqida ma'lumot beradi.

Raqamlar tizimi qachon paydo bo’lgan? Amerika aks etgan ilk xarita muallifi kim? Ko'rgazma musulmon olimlarining ishiga nazar tashlaydi.

Raqamlar tizimi qachon paydo bo’lgan? Amerika aks etgan ilk xarita muallifi kim? Ko'rgazma musulmon olimlarining ishiga nazar tashlaydi.

Misrlik faol, inqilob ortida turgan shaxslardan biri Voil G’anim, "Google" kompaniyasi vakili, ko’rgazma o’tayotgan joy, Kaliforniya ilm-fan markazida to’xtab o’tdi.

Qo’shma Shtatlarga u “Jasorat” mukofotini qabul qilish uchun kelgan. Mirsdagi namoyishlarga turtki bergan veb sahifa asoschisi Jon Kennedi jamg’armasi tomonidan taqdirlandi. Yuksak mukofotni Voil G’anim xalqiga bag’ishladi.

“Ommabop saytlar, umuman global tarmoq, Misrda g’alayonni qo’zg’atgan qudratli qurol edi”, - deydi u. “Bu shundan dalolatki, texnologiya bilan ezgu maqsadga erishsa bo’ladi. O’tmishda xayolga ham kelmagan ishlarni amalga oshirsa bo’ladi”.

Yangi texnologiyalar, deydi Voil G’unaym, Misr kabi jamiyatlar uchun ayni muddao. "Facebook" singari veb sahifalar fikr almashib, birgalikda harakat qilish uchun minbar-platforma vazifasini o’tadi.

Ko'rgazma dunyo bo'ylab ko'rsatilmoqda

Ko'rgazma dunyo bo'ylab ko'rsatilmoqda

“Global tarmoq odamlarni bir-biriga bog’ladi, yagona maqsad sari birlashtirdi. Korrupsiya, adolatsizlik va qiynoqlarga qarshi kurash g’oyasi paydo bo’ldi”, deydi faol.

Avvalroq London, Istanbul va Nyu-Yorkda o’tkazilgan ko’rgazmada islom dunyosining ilm-fan, falsafa va texnologiya rivojiga qo’shgan hissasi e’tirof etiladi. Bundan ming yil oldin tabiblar qo’llagan tibbiy-jarrohlik jihozlarini ko’rasiz. Yog’och qanotlar yasab, minoradan uchgan Abbos ibn Firnas kabi ixtirochilar haqida o’rganasiz.

Tadqiqotchi Moris Kouls o’sha davr tarixiga oid maktablar uchun darsliklar tayyorlaydi.

“Turli din, madaniyat, irq va kasb egalari birgalashib ilm-ma’rifat ulashgan, kasb-hunar o’rgangan davrlar bo’lgan. Ko’rgazma zallarini kezar ekansiz, nasroniylar, musulmon mutaffakirlar, hindu allomalar, hozirda yo’qolib ketgan arab qabilalar uchraydi. Uzoq vaqt davomida birgalikda ijod qilgan, ahil yashagan ular”, - deydi tadqiqotchi.

Ko’rgazmada aktyorlar o’z qahramonlari obrazini yaratib, tomoshabinga ixtirolar mag’zini chaqib beradi. San’at va me’morchilik sirlari bilan bo’lishadi.

"Yevropa zulmatga cho’mgan bir paytda erishilgan yutuqlar bu”, - deydi Kaliforniya ilm-fan markazi xodimasi Diana Perlov.

Qohiraning Tahrir maydoni yaqindagina olamshumul o’zgarishlarga guvoh bo’ldi. Bunda texnologiyaning o’rni beqiyos.

“Hayotga shiddat bilan kirib kelgan texnologiyalar insoniyat oldidagi ko’pgina to’siqlarni chetga surib tashladi”, - deydi Voil G’anim.

“Dunyoning qay burchagida yashamaylik, xohish-istagimiz, maqsadimiz, hissiyotlarimiz bir. Buni anglash vaqti yetgan. Bu dunyoda har bir inson o’zgarish yasay oladi” , - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG