Avstraliya ekstremistlarga qarshi kurashga havo kuchlarini safarbar etdi

  • Amerika Ovozi

Avstraliya Vazirlar mahkamasi "Islomiy davlat" terror guruhiga ga qarshi kurashga havo va maxsus kuchlarini safarbar etishga ruxsat berdi.

Bosh vazir Toni Abbotning ta'kidlashicha, ekstremistlarni yo'q qilish uning mamlakati manfaatlariga javob beradi.

"Operatsiyani Iroq hukumatining iltimosi bilan va bu davlatga yordam berish uchun boshladik. Iroq qurolli kuchlarini maslahatchi-trenerlar bilan ta'minlash rejamiz ham bor", - deydi Abbot.

Birlashgan Arab Amirliklariga Avstraliyadan 400 uchuvchi, 200 zobit va 11 samolyot yetib keldi. Hukumat hisobiga ko'ra, "Islomiy davlat" safida taxminan 160 avstraliyalik jang qilmoqda.

Vazir so'zlariga ko'ra, Avstraliya qo'shinlarining bevosita jangovar missiyalarda qatnashishi ko'zda tutilmagan, ammo operatsiya bir necha oy davom etishi aniq.

Oldinroq Turkiya parlamenti ham xalqaro koalitsiyaga qo’shilish uchun ovoz bergan edi. AQSh va koalitsiya tarkibidagi boshqa davlat Suriya chegarasi yaqinidagi, Turkiyaning Injirlik havo bazasidan foydalanishga shay.

Turkiya Mudofaa vaziri Ismat Yilmaz Suriya prezidenti Bashar al-Assadni hokimiyatdan ketkizish zaruriyatini ham ta'kidladi. Ekstremizm quloch yozishiga ko’p jihatdan ana shu rejim sababchi, deydi u.

Iroqda katta hududlarni nazorat qilayotgan "Islomiy davlat" guruhi kurdlar yashovchi Ayn al-Arab shahrini ishg’ol etish harakatida. Turkiya chegaradagi bu shahar jangarilar nazoratiga o’tmasligi uchun chora ko’rishini aytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG