"Islomiy davlat" Kobaniga hujum qildi

  • Amerika Ovozi

Kobani, Suriya shimoli.

Kobani, Suriya shimoli.

"Islomiy davlat" jangari guruhi bugun Suriyaning kurdlar nazoratidagi Kobani shahriga hujum qilgan. Payshanba ertalab, Turkiya bilan chegara yaqinidagi bu shaharda, o'tish-nazorat punktida bir kishi o'zini portlatgan. So'ng jangarilar hujumga o'tib, o'nlab odamlarni o'ldirgan.

Shu kuni "Islomiy davlat" to'dasi Kobani yaqinidagi Barx Butan shahrida kamida 20 nafar kurdni, jumladan, ayollar va bolalarni qatl etgan.

Kurdlar Amerika boshchiligidagi havo hujumlarini yerdan turib qo'llab-quvvatlab kelayotgan edi. Ayniqsa, shu yilning yanvarida Kobani uchun "Islomiy davlat"ga qarshi janglarda kurdlar va AQSh kuchlari yaqindan hamkorlik qilgan. Kobanining ozod qilinishi koalitsiya uchun yirik g'alabalardan edi.

Shuningdek, bugun radikal guruh shimoli-sharqdagi Xosoka shahrida ikki qishloqni hukumatdan tortib olgan. Suriya hukumati bu xabarlarni inkor etib, jangarilarning hujumini qaytardik, demoqda. Xosoka shahrini kurdlar va Suriya armiyasi bo'lib boshqaradi. "Islomiy davlat" to'dasi hududga bir necha hamlalar uyushtirgan.

Bu orada, isyonchilar koalitsiyasi bugun Dar'o shahrida hukumatning pozitsiyalariga hujum qilgan. Faollar hududda og'ir janglar kechayotganini aytadi. Prezident Bashar al-Assadga qarshi tinch namoyishlar 2011-yilda aynan Dar'oda boshlangan edi.

Isyonchilar koalitsiyasida AQSh tomonidan tayyorgarlikdan o'tkazilgan kuchlar bor. Biroq uning tarkibida islomiy guruhlar ham faoliyat yuritib, G'arb bu kuchlarni tan olmay keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG