"Islomiy davlat" guruhi: Texasdagi otishmani biz amalga oshirdik

  • Amerika Ovozi

Politsiya Garland shahridagi markazga hujumni tekshirmoqda. 4-may, 2015-yil.

Politsiya Garland shahridagi markazga hujumni tekshirmoqda. 4-may, 2015-yil.

"Islomiy davlat" guruhi Texasning Dallas shahri yaqinida yakshanba kuni sodir etilgan otishma uning ishi ekanini da'vo qilayapti.

AQSh janubi-g'arbida Muhammad payg'ambarni kulgiga oluvchi rasmlar tanlovida ro'y bergan hujumda soqchi yaralangan; politsiya o'z navbatida ikki hujumchini otib o'ldirgan edi.

Amerika hukumati bu da'voga izoh berganicha yo'q.

Ekstremist tashkilot o'z radiosida bugun e'lon qilishicha, xalifalikning ikki askari Garland shahrida yakshanba kuni xuruj sodir etgan. Amerika bilsinki, bundanda katta, bundanda qo'rqinchlik hujumlar kutmoqda sizni, deyiladi jangarilar bayonotida.

Politsiya hujumchilar Elton Simpsin va Nodir Sufiy ekanini, ular Arizonaning Finiks shahrida birga yashaganini aytmoqda. Ikkisi tanlov ketayotgan markazda otishma boshlagan.

Federal qidiruv byurosi Simpsonni 2006-yildan beri kuzatib yurgan. U 2010-yilda Somalida jangarilar safiga qo'shilish niyatini yashirganlikda ayblangan.

Har ikkisining Finiksdagi uyi federal qidiruv idorasi xodimlari tomonidan tintuv qilingan. Politsiya hamla ortidagi sabablar hali noma'lum, demoqda.

Karikaturalar tanlovini Amerika Ozodlik himoyachilari guruhi moliyalab, g'olibga 10 ming dollar mukofor va'da qilgan edi. Guruh rahbari Pamela Geller so'z va fikr erkinligiga haqlimiz, deydi. Payg'ambar haqidagi hajviy tanlov uchun 350 dan ziyod rasm taqdim etilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG