Isroil: G'azo sektoridagi jangarilar adabini yeydi

  • Amerika Ovozi

G'azo sektori

G'azo sektori

Juma kunidan beri Isroil 18 falastinlikni yo’q qilgan.

Kecha bu davlat havo kuchlari G’azo sektorida 10 falastinlikni o’ldirgan edi. Bu jangarilar Isroil janubiga raketa hujumi qilgan, deydi yahudiy tomon.

Bugungi operatsiyada 60 yoshli kishi va 12 yashar o’quvchi halok bo’lgan.

Xalq qarshilik qo’mitasi deb atalgan jangari tashkilot o’z yetakchisi Zohir al-Qaisiy va yana bir a’zosi Mahmud Hananiydan ayrilgan. Buni tasdiqlagan Isroil harbiylarining bildirishicha, bu shaxslar Misrdan turib xurujlar uyushtirayotgan bo’lgan.

Xalq qarshilik qo’mitasi “qasos olamiz” deya bong urmoqda.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu esa “jangarilarning adabini berishda davom etamiz”,- deydi.

G’azo sektori 2007-yildan beri Xamas qo’lida. 2009-yildagi qisqa urushdan beri bu singari qonli to’qnashuvlar kuzatilmagan edi.

Qo’shma Shtatlar zo’ravonliklarni qoralagan va har ikki tomonni tinchlik tomon qadam tashlashga undamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG