Isroil sulh rejasini qabul qildi, ammo hujumlarni to'xtatgani yo'q

  • Amerika Ovozi

Isroil havo hujumida halok bo'lgan to'rt yashar falastinlik qizning yaqinlari azada. Uning otasi va amakisi ham o'sha hujumda o'lgan. G'azo Sektori, 15-iyul, 2014-yil

Isroil havo hujumida halok bo'lgan to'rt yashar falastinlik qizning yaqinlari azada. Uning otasi va amakisi ham o'sha hujumda o'lgan. G'azo Sektori, 15-iyul, 2014-yil

Isroil Misr vositachiligidagi sulhni qabul qilganiga qaramay, G’azoni havodan o’qqa tutishda davom etmoqda. Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning aytishicha, HAMAS hujumlarini to’xtatmayapti.

"Agar G’azodan kelayotgan hujum to’xtamasa va HAMAS Misr taklifiga ko’nmasa, biz xalqimizni himoya qilish maqsadida amaliyotni davom ettiramiz", - dedi Netanyaxu.

Isroil armiyasiga ko’ra, mamlakat raketa mudofaa tizimi uch shahar tomon uchgan raketalarni urib tushirgan.

HAMAS sulh xususida bir qarorga kelmaganini aytmoqda. Uning harbiy qanoti Misr rejasini taslim bo’lish bilan baravar deya rad etmoqda.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri tomonlarni otishmani bas qilishga chaqirmoqda.

Misr taklifiga ko’ra, Isroil va HAMAS hujumlarni bugundan to’xtatib, ikki kun ichida G’azo chegarasi ochilishi va tomonlar o’tirib, gaplashishi kerak.

AQSh prezidenti Barak Obama Ramazon munosabati bilan uyushtirilgan iftorda Qohiraning harakatlarini olqishladi.

"Hech bir davlat o'z fuqarolarining o’qqa tutilishini istamaydi. Isroil o’zini mudofaa qilishga haqli deb kelganmiz. HAMAS hujumlarini oqlab bo’lmaydi. Bundan falastinliklar jabr ko’rmoqda", - dedi Obama.

Falastin rasmiylariga ko’ra, o’tgan seshanba boshlangan Isroil hujumlarida 185 odam o’lgan. HAMAS hujumlari o’lim hollariga olib kelmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG