Isroil hujumlarida shu kungacha 400 dan ziyod falastinlik nobud bo'lgan

  • Amerika Ovozi

G'azoda Isroil hujumida jarohat olgan odamni olib ketishmoqda, 20-iyul, 2014-yil

G'azoda Isroil hujumida jarohat olgan odamni olib ketishmoqda, 20-iyul, 2014-yil

Isroil askarlari qamaldagi G’azo Sektorida harbiy amaliyotni kuchaytirmoqda. Bugun minglab odamlar hududni tark etishga majbur bo’ldi.

Isroil armiyasi sektorga qo’shimcha askar safarbar etilgani haqida ma’lum qildi.

Falastin rasmiylariga ko’ra, salkam ikki hafta ichida 400 dan oshiq odam, asosan oddiy fuqarolar o’lgan. Bugunning o’zida 87 falastinlik nobud bo’lgan. Isroil bugun 13 askarini yo'qotgan. Shu kungacha jami 18 harbiy va ikki yahudiy fuqaro halok bo'lgan.

Bugun tomonlar Xalqaro Qizil xoch qo’mitasi iltimosiga ko’ra ikki soatlik sulhga kelishgan, ammo harbiy harakatlar 40 daqiqadan so’ng davom etgan.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bugun mintaqada bo’lib, mojaroga chek qo’yish yo’llari xususida gaplashadi.

U Qatar, Quvayt, Misr, Isroil, Falastin va Ummonda bo’ladi.

BMT rahbari bugun Doxada Falastin prezidenti Mahmud Abbos, HAMAS yetakchisi Xolid Mash’al bilan uchrashib, Misr taklif etgan sulh rejasini muhokama qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG