Isroil hujumlarida G'azoda 500 dan ziyod odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

BMT Xavfsizlik Kengashi G’azo Sektorida tomonlarni sulhga chaqirmoqda. Kengash kecha bayonot qabul qilib, Isroil va HAMAS ni harbiy harakatlarni bas qilishga, gumanitar ahvolni yaxshilashga, tinch aholini himoya qilishga da’vat etdi.

Kecha Isroil hujumida 65 falastinlik nobud bo’lgan. Isroil askarlari G’azoga kirgan. Qarshi hujumda 13 nafari halok bo’lgan.

Falastinning BMT dagi elchisi Riyod Mansurning aytishicha, Xavfsizlik Kengashi Isroilning Falastin xalqiga qarshi bosqinini qoralashi lozim edi.

Isroilning BMT dagi elchisi Ron Prosorning aytishicha, G’azodan Isroil tomon hujumlar to’xtasagina Isroil harbiy harakatlarini bas qiladi.

"Isroilda tinchlik bo’lsa, G’azoda ham tinchlik bo’ladi", - dedi Prosor.

Isroil G’azodagi amaliyotdan maqsad HAMAS ga qarashli qurol omborlari va Isroilga yetaklovchi tunnellar tizimini yo’q qilish ekanini aytadi.

G’azo rasmiylariga ko’ra, 8-iyuldan beri Isroil hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik o’lgan, aksariyati tinch fuqarolar. Isroil ikki fuqarosini yo’qotgan.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri bugun Qohirada bo’lib, Misr taklif etgan sulh rejasi haqida gaplashadi.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun hozir mintaqada. Kecha u Qatarda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashgan.

“Chegara bilmas shifokorlar” tashkilotiga ko’ra, G’azodagi tibbiy muassasalar yaradorlarga yordam ko’rsata olmayapti, chunki Isroil bombardirovkalari sabab odamlar klinikalarga bora olmayapti, ikki shifokor tez yordam ko’rsatayotib paytida halok bo’lgan.

Arab Ligasi Bosh kotibi Nabil al-Arabiy bayonot chiqarib, Isroilning G’azodagi harakatlari falastinliklarga qarshi jinoyat deb aytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG