Kerri va BMT rahbari Isroil-HAMAS ixtilofini tugatishga harakat qilmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy Qohirada, 22-iyul, 2014-yil

AQSh davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy Qohirada, 22-iyul, 2014-yil

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va AQSh davlat kotibi Jon Kerri Isroil va HAMAS o’rtasidagi urushga chek qo’yish maqsadida Qohirada rasmiylar bilan uchrashmoqda. Kerri Falastin razvedkasi boshlig’i Majid Faraj, Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy va Arab Ligasi rahbari Nabil al-Arabiy bilan muloqot qilgan.

Bir necha kun oldin Misr sulh rejasini taklif qilgan. Isroil qabul qilgan, HAMAS esa uni rad etib, Isroil avval G'azo qamalini bekor qilsin, degan.

Isroilning bugungi havo hujumlarida G’azoda kamida 10 odam o’lgan. So’nggi ikki haftada esa falastinlik qurbonlar soni 600 ga yetdi. Isroil 183 jangarini o'ldirdik deb, 27 zobiti va ikki fuqarosi nobud bo'lganini ma'lum qilmoqda.

BMT rahbari tomonlarni zo’ravonliklarni darhol bas qilishga va shartsiz muzokara boshlashga chaqirmoqda. Pan Gi Mun Isroilda bosh vazir Benyamin Netanyaxu, G’arbiy Sohilda esa Falastin rahbariyati bilan uchrashadi.

Kerrining aytishicha, G'azoda gumanitar ahvol kundan-kunga yomonlashmoqda, biroq zo'ravonliklarni to'xtatish HAMAS qo'lida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG