Qisqa sulhdan so'ng Isroil va HAMAS hujumlarni jonlantirdi

  • Amerika Ovozi

Isroil zobiti

Isroil zobiti

Isroil va HAMAS kelishgan qisqa sulh tugagach, tomonlar harbiy harakatlarni jonlantirgan. Sulh gumanitar maqsadda tuzilgan bo'lib, besh soat amal qildi, xolos.

Sal oldinroq chiqqan xabarlarda so’nggi bir necha kunda o’q almashayotgan Isroil va HAMAS uzoq muddatli sulhga kelishgan, kelishuv juma kuni kuchga kirishi kutilmoqda deyilgan edi. Ammo HAMAS vakili bu xabarlarni inkor etgan. Isroil tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman ham kelishuv yo'qligini tasdiqlagan.

Isroil HAMAS ni bugun uchta snaryad otganlikda ayblamoqda. Ular Isroil janubidagi Eshkol shahriga tushgan. Yahudiy davlati tomondan otilgan raketalar esa G’azoda 37 nishonga tekkan.

Falastin rasmiylarining bildirishicha, Isroil o’tgan seshanbadan beri G’azoni havodan nishonga olmoqda. Shu kungacha 227 odam o’lgan. Isroil bir odamini yo’qotgan.

Kechagi hujumlarda suv bo’yida o’ynayotgan falastinlik to’rt bola halok bo’lgan. Isroil voqea bo’yicha afsus bildirib, uni tergov qilishga kirishgan.

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, sulh bo'lsa, har ikki tomon diplomatlari undan foydalanib hozirgi mojaro sabablarini aniqlashi lozim.

Falastinliklar ko’pdan beri Isroildan G’azo Sektori qamalini bekor qilishni talab qilib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG