Isroil bosib olingan yerda 1200 ta uy qurmoqchi

  • Amerika Ovozi

G'arbiy Sohildagi yahudiy posyolka

G'arbiy Sohildagi yahudiy posyolka

Isroil arablardan tortib olingan yerlarda 1200 ta yangi uy qurish uchun pudratchilarni yollamoqda. Falastin-Isroil tinchlik muloqoti uch kundan keyin jonlanishi kutilayotgan bir paytda bu hol jarayonga pand berishi mumkin.

Falastin Sharqiy Quddusni bo’lajak davlatining poytaxti sifatida ko’radi. U yerda 800 ta uy qurilishi rejalanmoqda. Iordan daryosining g’arbiy sohilida esa 400 ta. Falastin G’arbiy Sohilga ham da’vo qiladi.

Arablar Isroilning bu rejasini qoralab, ikki tomon muzokarachilarining uchrashuvi oldidan qurilishlar e’lon qilinganini tanqid qilmoqda.

Obama ma’muriyati hozircha bunga munosabat bildirganicha yo’q, ammo Isroilning bosib olingan yerlarda uy-joy qurishini ko’pdan tanqid qilgan.

Isroil vaziri Uri Arielning aytishicha, hech bir mamlakat boshqasiga qayerda uy qurishi mumkinligini buyura olmaydi. Ariel qurilish vaziri bo’lib, ultramillatchi arbob hisoblanadi. Qurilishlar, dedi u, sionizm va Isroil iqtisodiyoti uchun foydali.

Isroil G’arbiy Sohilni arablar bilan bo’lgan 1967-yil urushida tortib olib, so’ng Sharqiy Quddusni ham o’ziga qo’shib olgan. Biroq bu yerlar BMT tomonidan Isroil hududi sifatida tan olinmagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG