Isroil armiyasi falastinlik namoyishchilarni o’qqa tutib, 15 kishi olgan

  • Amerika Ovozi

Isyonchilar shu tariqa “naqba” – “halokat”ni xotirlamoqda. Bu ibora 1948 yilda Isroil davlati paydo bo’lgach, minglab falastinlik oilalar o’z vatanidan haydalganiga nisbatan qo’llanadi

Isyonchilar shu tariqa “naqba” – “halokat”ni xotirlamoqda. Bu ibora 1948 yilda Isroil davlati paydo bo’lgach, minglab falastinlik oilalar o’z vatanidan haydalganiga nisbatan qo’llanadi

Isroil armiyasi kecha qo’shni davlatlar va G’azo sektori bilan chegarada namoyishga chiqqan odamlarni o’qqa tutib, 15 nafarini o’ldirgan. Yahudiy davlati paydo bo’lgan kun nishonlanar ekan, falastinliklar o’z bayrog’ini ko’tarib, Isroilni bosqinchilik va zulmda qoralagan.

Bu kabi namoyishlar har yili kuzatiladi, ammo Iordan daryosining g’arbiy sohili va G’azo sektoridan nariga o’tmaydi. Bu gal namoyishlar qonli tus olib, Isroil o’z sarhadlari yaqinida, qo’shni Suriya, Livan va G’azo tomonda bosh ko’targan odamlarga qarata o’t ochgan.

Iordaniya bilan chegarada ham yuzlab kishilar to’plangani ma’lum. G’arbiy sohilda Ramalloh va Quddus o’rtasida arab yoshlari Isroil politsiyasi bilan bir necha soat olishgan.

Misrda Isroil elchixonasi yonida yig’ilgan yuzlab faollar, Falastinga xayrixoh fuqarolarni politsiya tarqatib yuborgan.

Qo’shni davlatlarda yuz minglab falastinlik yashaydi.

O’tgan yili sektorga insonparvarlik yordami olib ketayotgan kemalar karvoni Isroil hujumiga uchrab, turkiyalik bir necha kishi o’lgan edi. Kuzda esa arablar bo’lajak Falastin davlati masalasini BMT muhokamasiga olib chiqqan, Isroilning ijozati ham, fikri ham kerakmas deya turib olgan edi. Bularning bari mojaroni yanada avj oldirgan.

Isroil rahbariyati nazarida to’polon Eronning provokatsiyasi va arab dunyosidagi qo’zg’olonlarni bahona qilib, islomiy respublika Falastin ahlida milliy ozodlik ruhini ko’tarishga urinmoqda.

Shu orqali Eron o’z ittifoqchisi, g’alayonlar ichida qolgan Suriyani xalqaro hamjamiyat e’tiboridan pana qilib, chalg’itmoqchi, deydi Isroil tomoni.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu “chegarani himoya qilamiz” deydi. Uning aytishicha, namoyishchilar maqsadi mustaqillik emas, balki Isroilni yo’q qilish.

Ayrim namoyishchilar Isroilga kirib, yashiringani taxmin qilinadi. Politsiya bugun bir suriyalikni qamoqqa olgan.

Falastin muxtoriyati rahbari, Isroil bilan muzokaraga xayrixoh Mahmud Abbos fikricha, o’lganlar - shahidlar.

“Mustaqillik yo’lida to’kilgan qon bu”, - deydi Abbos.

Prezident uch kunlik motam e’lon qilgan.

Isyonchilar shu tariqa “naqba” – “halokat”ni xotirlamoqda. Bu ibora 1948 yilda Isroil davlati paydo bo’lgach, minglab falastinlik oilalar o’z vatanidan haydalganiga nisbatan qo’llanadi.

G’azoda hukmron Xamas guruhi 1948 yilda tortib olingan hududlar Falastinga qaytarilishi shart deb keladi. Xamas o’tgan oy raqib Fath bilan sulh tuzgan.

To’qnashuvlar Isroil va Falastin o’rtasida vositachi AQSh uchun yangi muammolar tug’dirishi tabiiy. Prezident Barak Obama shu hafta Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini tushuntirib berishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG