Isroil prezidenti Vashingtonda, G’azo bilan chegarada yana hujumlar

  • Amerika Ovozi

Isroil prezidenti Vashingtonda, G’azo bilan chegarada yana hujumlar

Isroil prezidenti Vashingtonda, G’azo bilan chegarada yana hujumlar

Isroil prezidenti Shimon Peres va Amerika rahbari Barak Obama bugun Vashingtonda uchrashib, Yaqin Sharqdagi qo’zg’olonlar va Falastin-Isroil tinchlik muzokaralari haqida gaplashib oladi. G’azo-Isroil chegarasida zo’ravonliklar tinmayapti.

Peres kecha AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan ko’rishdi.

Klintonning aytishicha, Peres va Obama Afrika shimoli va Yaqin Sharqdagi namoyishlar, buning Isroil xavfsizligiga ta’siri haqida muloqot qiladi.

Isroil prezidenti Vashingtonda, G’azo bilan chegarada yana hujumlar

Isroil prezidenti Vashingtonda, G’azo bilan chegarada yana hujumlar

Isroil prezidentining aytishicha, arab yoshlari xuddi uzoq uyqudan uyg’ongandek.

Ularning kelajagi qo’shnilar bilan birdamlikka bevosita bog’liq, deydi Peres.

Isroil-Falastin muzokaralari o’tgan yildan beri boshi berk ko’chaga kirib qolgan. Iordan daryosining G’arbiy sohilida, talash hududda yahudiy posyolkalari qurishni bas qilish-qilmaslik masalasi o’rtada to’qanoq bo’lib turibdi.

Kecha Isroil hukumati Quddus sharqida yana kamida ming xonadon qurishga ijozat bergan. Loyiha bir necha tekshiruvdan o’tishi va uning ijrosi yillar talab qilishi mumkin, deydi shahar ma’murlari.

Biroq bu qaror Obama-Peres muloqotiga pand berishi mumkin.

Falastin tomoni G’arbiy sohil, Quddus sharqida qurilishlar to’xtamas ekan, Isroil bilan umuman gaplashmoqchi emas. Falastin ahli bu hududni bo’lajak davlati uchun mo’ljallab keladi.

Isroil prezidenti Vashingtonda, G’azo bilan chegarada yana hujumlar

Isroil prezidenti Vashingtonda, G’azo bilan chegarada yana hujumlar

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning aytishicha, muzokara yuzasidan shart qo’yish o’rinsiz. “Qurilish ishlari davom etadi”, - deydi u.

O’rtada vositaci prezident Barak Obama, Falastin ahli va xalqaro hamjamiyat nazarida esa bu imoratlar noqonuniy ravishda bunyod etilmoqda. Yangi binolar loyihasi va Vashingtonga tashrif orasida aloqa yo’q,deydi Isroil rasmiylari.

O’tgan yilning bahorida AQSh vitse-prezidenti Jo Baydenning regionga safari chog’ida Quddus sharqida yahudiylar uchun qo’shimcha posyolkalar qurish rejasi e’lon qilingan edi.

Voqea Obama ma’muriyatini norozi qilgan, aloqalar anchayin taranglashgan edi.

G’azodan muxbirimiz Luiz Ramirez xabariga ko’ra, Isroil bilan chegarada vaziyat og’ir. Yaqinda yahudiy tomon amalga oshirgan raketa hujumi bir necha odamni hayotdan olib ketgan. Bir oilaning o’zida uch odam o’lgan.

Isroil qurbonlar oilalariga hamdardlik izhor etmoqda. “Jangarilar nishonga olingan edi”, - deydi rasmiylar.

G’azoda hukmron Xamas guruhi so’zlovchisi Ismoil Radvan bu xurujni qatliom deya ta’rifladi.

Ismoil Radvan nazarida Falastin tomoni bu agressiyaga javob qaytarishga haqli.

Lekin tinchlik, farovonlik istagan fuqarolar bunga qarshi. Raqib Xamas va Fath vakillaridan iborat boshliqlar birlashsin, deydi ular. Odamlar o’limdan charchagan.

Ziddiyatni yumshatish uchun Xamas rahbarlari Isroil bilan otishmani bas qilishga rozi. Ular sharti shuki, Isroil ham hujumlarni to’xtatishi kerak. Netanyaxu hukumati o’z fuqarolari xavfsizligi nuqtai nazaridan harakat qilishini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG