Isroil G'arbiy sohilda minglab yangi uylar qurmoqchi

  • Amerika Ovozi

G'arby sohil

G'arby sohil

BMT Bosh Assambleyasi Falastinni davlat sifatida tan olganini qoralayotgan Isroil Iordan daryosining G’arbiy sohili va Quddusning sharqiy qismlarida 3000 uy qurib, yahudiy aholini u yerlarga ko’chirmoqchi.

G’arbiy sohil va Quddusning sharqi Falastinga tegishli hudud hisoblanadi. Isroil bosib olgan joylar, deydi norozi arablar.

Amerika mojaroli hududlarda yangi uy-joy barpo etilmasin deb keladi. Vashington yahudiy davlatining so’nggi qarorini qoralamoqda.

Isroil va Falastin ikki mustaqil davlat sifatida yonma-yon yashay olishi uchun harakatni kuchaytirish kerak, deydi Davlat kotibasi Xillari Klinton.

Tomonlar murosa haqida o’ylasin, deydi u. O’zaro nafratni kuchaytiruvchi siyosat hech kimning hayotini osonlashtirmaydi, deydi diplomat.

BMT tan olgani bilan Falastin davlati vujudga kelib qolmaydi, deydi Amerika rasmiylari. Bunga erishish uchun Isroil bilan til topishish kerak.

Mahmud Abbos, Falastin rahbari, yahudiy davlatdan 1967-yilda bosib olgan yerlarni qaytarib berishni talab qilib keladi. G’arbiy sohil va Quddus sharqi mana shu hududlardan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG