Breaking News

Falastin Isroil bilan emas, xalqaro hamjamiyat bilan muzokara qilmoqchi


Xalqaro hamjamiyatdan najot kutayotgan Mahmud Abbos nazarida Yaqin Sharq To’rtligi – AQSh, Yevropa Ittifoqi, BMT va Rossiya vakillari bir davraga to’planib, biror taklif bilan chiqishi kerak.
Xalqaro hamjamiyatdan najot kutayotgan Mahmud Abbos nazarida Yaqin Sharq To’rtligi – AQSh, Yevropa Ittifoqi, BMT va Rossiya vakillari bir davraga to’planib, biror taklif bilan chiqishi kerak.

AQShning Yaqin Sharq bo’yicha maxsus vakili Jorj Mitchell bugun Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan suhbat qurgan.

Kecha Mitchell Quddusda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashgan edi. Amerika tomonlarni tinchlik muzokaralari boshlashga, turli shartlarni chetga surib, murosa yo’lini tanlashga undamoqda.

Isroil bosib olingan yerlarda yahudiy aholi uchun uy-joy qurishda davom etar ekan, Falastin rasmiylari u bilan biror kelishuvga erishish mumkin emas deydi.

Xalqaro hamjamiyatdan najot kutayotgan Mahmud Abbos nazarida Yaqin Sharq To’rtligi – AQSh, Yevropa Ittifoqi, BMT va Rossiya vakillari bir davraga to’planib, biror taklif bilan chiqishi kerak.

Jorj Mitchell, Yaqin Sharq masalalari bo'yicha AQSh maxsus vakili
Jorj Mitchell, Yaqin Sharq masalalari bo'yicha AQSh maxsus vakili

Jorj Mitchellning aytishicha, Isroil muzokaraga ko’ngandek va Falastin bilan gaplashish zaruriyatini tushunadi.

Lekin, deydi falastinlik rasmiylar, tushunish bilan ish bitmaydi. Isroil hozirgi siyosatidan qaytmas ekan, unga ishonch yo’q.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu

Amerika Falastin mustaqil davlat sifatida shakllanishi kerak degan g’oyani olg’a surib keladi. Buning uchun avvalo Isroil bilan tinchlik bitimi imzolanishi kerak.

Bu esa tomonlar yuzma-yuz muzokara qilishi, kelajak haqida kelishib olishi lozim degani. Vashington jarayonni tezlashtirishga harakat qilmoqda, ammo Isroil va Falastin bir-biriga shart qo’yib, vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda, deydi siyosiy sharhlovchilar.

Braziliya va Argentina Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olib bo’lgan. Yevropa Ittifoqi ham bu masala ustida jiddiy o’ylanayotgani ma’lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG