Misr G'azodagi mojaroni tugatish uchun bor kuchini ishga soladi

  • Amerika Ovozi

G'azo, 15-noyabr

G'azo, 15-noyabr

Misr Isroilning G’azodagi agressiyasini tugatib, Isroil va Falastin ahli o’rtasida sulhga erishish uchun bor kuchini ishga solmoqchi. Misr Bosh vaziri Xesham Kandil bugun G’azoda shu haqda so’zladi.

Rasmiyning uch soatlik safari munosabati bilan Isroil sektorni ikki soat davomida nishonga olmay turganini aytmoqda. Biroq G’azoda hukmron Xamas da’vosiga ko’ra, yahudiy harbiylari bugun bombalar uloqtirib, ikki falastinlikni o’ldirgan.

Isroil tomonining aytishicha esa Xamas vakillari bugun Isroilga kamida 50 dona raketa otgan. Joriy haftada bu to’qnashuvlar kamida 20 falastinlik va uch isroillikni hayotdan olib ketgan.

Falastin ma’muriyati BMT Xavfsizlik Kengashiga qayta-qayta arz bilan chiqib, Isroil G’azoni havodan urishni bas qilsin, deya talab qilmoqda.

Kecha kengash sektordagi ahvol yuzasidan favqulodda majlis o’tkazgan, Falastin elchisi Riyod Mansur tinch aholini shafqatsiz hujumlardan himoya qilishni so’ragan.

Chorshanba kuni Isroil G’azoga o’q yog’dirib, Xamasning bosh qo’mondoni Ahmad al-Jabariyni o’ldirgan.

Bu shaxs, deya izohlaydi Isroil harbiylari, uzoq yillik terrorchilik faoliyati uchun yo’q qilingan. Yahudiy rasmiylari deydiki, butun kampaniya – sektordan deyarli kunda otilayotgan raketalarga javobdir.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG