Isroil Falastinni 120 million dollardan ayirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu

Falastinning BMTda kuzatuvchi-davlat maqomini olish qaroridan ranjigan Isroil uning ruxsatisiz bu ishga qo’l urgani uchun muxtoriyatni 120 million dollar mablag’dan ayirmoqchi. Isroil Falastinning soliqlar va tariflardan tushgan pulini to’plab, odatda muxtoriyatga uzatadi. Ammo bu safar mablag’ni unga bermoqchi emas.

Payshanba kuni BMT Bosh Assambleyasi Falastinga kuzatuvchi-davlat maqomini berdi. Muxtoriyat prezidenti Mahmud Abbos Ramallohda qahramon kabi kutib olindi.

Isroil bunga javoban Iordan daryosining g’arbiy sohilida bosib olingan hududlarda yahudiy posyolkalari qurilishini jadallashtirishini aytgan. Endi esa Falastinni soliq daromadidan ham ayirmoqchi.

Isroil Moliya vaziri Yuval Steynitsning aytishicha, pul Falastin qarzlarini yopish uchun muxtoriyatni elektr quvvati bilan ta’minlayotgan Isroil kompaniyalariga topshiriladi.

Bugun, shuningdek, Isroil vazirlar mahkamasi BMTning Falastinga kuzatuvchi-davlat maqomini berish rezolyutsiyasini qoralovchi qaror chiqarib, uni tan olmasligini bildirgan. G’arbiy Sohil, Sharqiy Quddus va G’azo Sektorida Falastin davlatini tan olgan hujjat asosida muxtoriyat bilan muzokara qilmaymiz, deyiladi Isroil vazirlar mahkamasi qarorida.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG