Isroil FATX va XAMAS o'rtasida erishilgan yarashni tanqid qilmoqda

  • Amerika Ovozi

FATX partiyasining yetakchi a'zosi A'zam al-Ahmad (chapda), XAMASning G'azodagi hukumati raisi Ismoil Haniya (markazda) va XAMAS rahbarlaridan biri Musa Abu Marzuq FATX va XAMAS yarash haqida e'lon qildi.G'azo shahri, 23-aprel, 2014-yil

FATX partiyasining yetakchi a'zosi A'zam al-Ahmad (chapda), XAMASning G'azodagi hukumati raisi Ismoil Haniya (markazda) va XAMAS rahbarlaridan biri Musa Abu Marzuq FATX va XAMAS yarash haqida e'lon qildi.G'azo shahri, 23-aprel, 2014-yil

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bugun vazirlar mahkamasida majlis o’tkazib, Falastinda FATX va XAMAS partiyalarining yarashib, umumiy hukumat tuzishga kelishganini muhokama qilmoqda.

Isroil hukumati kelishuvni tanqid qilib, Falastin prezidenti Mahmud Abbos bu bilan tinchlik muzokaralarini murakkablashtirayotganini aytdi.

"Isroil bilan tinchlik o’rnatish o’rniga Abbos XAMAS bilan yarashishni afzal ko’rdi. U kim bilan aslida tinchlik o’rnatmoqchi? Har ikkisi bilan mumkin emas", - dedi Netanyaxu.

AQSh, Yevropa Ittifoqi va Isroil XAMASni terrorchi tashkilot deb biladi va muzokaralar FATX rahbarlari bilan olib borilmoqda. Netanyaxuga ko’ra, XAMAS Isroilni yo’q qilmoqchi bo’lgan qotil va terrorchi guruh.

XAMAS va FATX 2007-yilda orani ochiq qilgan edi. Biri G’azoni, ikkinchisi esa G’arbiy Sohilni boshqaradi.

AQSh Davlat departamenti vakili Jennifer Psakiga ko’ra, Qo’shma Shtatlar ham ularning yarashganidan norozi.

Isroil matbuotiga ko'ra, vazirlar mahkamasi Falastin bilan tinchlik muzokaralarini vaqtincha to'xtatgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG