Falastin mustaqil davlat sifatida tan olinish qarorida qat'iy

  • Amerika Ovozi

AQSh va Yevropa Ittifoqi nazarida avvalo Isroil bilan tub muammolar hal etilishi kerak. Jumladan, hududiy kelishmovchiliklar.

AQSh va Yevropa Ittifoqi nazarida avvalo Isroil bilan tub muammolar hal etilishi kerak. Jumladan, hududiy kelishmovchiliklar.

BMT Bosh Assambleyasi yillik sessiya arafasida. Falastinni davlat sifatida tan olish masalasi kun tartibida ekan, Nyu-Yorkda diplomatik muzokaralar avjida.

Kecha Isroil va Falastin rasmiylari uchrashgan. Falastinni shoshmay qadam tashlashga undayotgan Amerika va Yevropa Ittifoqi nazarida tomonlar tinchlik muzokaralarini oxirigacha yetkazishi lozim.

Falastin Bosh vaziri Salom Fayyod va Isroil Mudofaa vaziri Exud Barak yangi davlat xavfsizligi va boshqaruvi xususida gaplashib olgan.

Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi nazarida Falastin o’zini boshqarishga qodir. Lekin ulkan moliyaviy yordamga muhtoj.

“Bu hafta Falastin davlatchiligi masalasi olg’a suriladi va shu bilan birga tinchlik muzokaralari ham qayta boshlanadi degan umiddamiz”,- deydi Toni Bleyer, Britaniya sobiq bosh vaziri va Yaqin Sharq bo’yicha maxsus vakil.

Isroil Mudofaa vaziri Exud Barak va Falastin Bosh vaziri Salom Fayyod, BMT, 18-sentabr 2011

Isroil Mudofaa vaziri Exud Barak va Falastin Bosh vaziri Salom Fayyod, BMT, 18-sentabr 2011

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton ham tomonlarni yuzma-yuz muzokara qilishga undamoqda. Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Eshton ham shu fikrda.

Amerika va Yevropa Ittifoqi Falastinni uzoq yillardan beri iqtisodiy jihatdan quvvatlab keladi. BMTda davlat sifatida tan olinishdan oldin, deydi bu tomonlar, Isroil bilan tub muammolar hal etilishi kerak. Jumladan, hududiy kelishmovchiliklar. Chegara va xavfsizlik masalasi.

“Tinchlik muzokaralari to’xtab qolgan. Hech bir tomon bosh egmoqchi emas”, - deydi Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Yonas Gar Stor.

Falastin davlatini quvvatlab Turkiyada o'tgan namoyishlarda Isroil bayrog'i yoqilgan

Falastin davlatini quvvatlab Turkiyada o'tgan namoyishlarda Isroil bayrog'i yoqilgan

“Biz, donorlar, siyosiy progressni ko’rmay turib, moliyaviy ko’makni nima uchun davom ettirishimiz kerak deb so’rayapmiz. Isroil va Falastin yonma-yon tinchlikda yashay olishi uchun oradagi kelishmovchiliklarga yechim topish kerak”,- deydi rasmiy.

Isroil ham Falastinni o’zboshimchalikda ayblab, moliyaviy yordamni to’xtashi mumkinligini bildirmoqda.

“Agar Falastin biz bilan kelishmay turib, “BMTda tan olinsak, hammasi joyida bo’ladi” deb o’ylasa, xato qiladi”,- deydi Isroil Tashqi ishlar vaziri muovini Denni Ayalon.

Lekin Falastin prezidenti Mahmud Abbos qarorida qat’iy. Bu hafta u dunyo ahli oldiga chiqib, “bizni mustaqil xalq va davlat sifatida tan oling” deyishga shaylangan.

Isroilning do’q-popisalari va Amerikaning ogohlantirishlariga o’rganib ketganmiz, deydi Falastin rasmiylari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG