Isroil, Falastin tez kunda muzokaraga qaytishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Amerika bosh diplomati Jon Kerrining sa’y-harakatlari, mintaqaga bot-bot qatnab, Netanyaxu hamda Mahmud Abbosni ko’ndirishi natijasida Falastin va Isroil yaqin bir-ikki haftada muzokara stoliga qaytishi mumkin.

Amerika bosh diplomati Jon Kerrining sa’y-harakatlari, mintaqaga bot-bot qatnab, Netanyaxu hamda Mahmud Abbosni ko’ndirishi natijasida Falastin va Isroil yaqin bir-ikki haftada muzokara stoliga qaytishi mumkin.

Uzoq yillik qonli to'qnashuvlar, muvaffaqiyatsiz muzokaralar ketidan ishonchsizlik, tushkunlik hissi kuchli. Biroq Oq uy umidvor.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Falastin bilan qayta jonlanayotgan tinchlik muzokaralaridan mo’jiza kutmang, deya ogohlantirmoqda.

Muloqotda tortishuvlar bo’lishi aniq va unda erishilgan har qanday bitim albatta Isroilda referendumga qo’yiladi, deydi u. Taraflar 2010-yildan beri gaplashmaydi.

Amerika bosh diplomati Jon Kerrining sa’y-harakatlari, mintaqaga bot-bot qatnab, Netanyaxu hamda Mahmud Abbosni ko’ndirishi natijasida Falastin va Isroil yaqin bir-ikki haftada muzokara stoliga qaytishi mumkin.

Uchrashuv arafasida yahudiy tomoni falastinlik bir necha mahbusni qamoqdan ozod qilishini ma’lum qildi.

Falastin tomoni nazarida Iordan daryosining g’arbiy sohili va Sharqiy Quddusda yahudiy posyolkalarini qurish bas qilinmas emas, muzokara muvaffaqiyatli o’tishi gumon. Falastin ahli hududni o’z davlati uchun mo’ljallab keladi.

Muloqot paytida 1967-yildan oldingi chegaralarga qaytish va yer almashish masalasi ham ko'tariladi.

1967-yilning iyunida Misr, Suriya va Iordaniya Isroil sarhadlari atrofiga qo'shib tortib, hujumga hozirlik ko'rgan. Isroil oldinroq harakat qilib, qo'shnilarning havo bazalarini bombardimon qildi va katta hududlarni, xususan, G'azo, G'arbiy sohil, G'olan tepaligi, Sinay yarimoroli va Suvayshni bosib oldi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti Isroildan mazkur manzillardan chiqib ketishni talab qilib, mojaroga aloqador tomonlarni bir-birini davlat sifatida tan olishga chaqirdi. Oradan yillar o'tib, Misr va Isroil Amerika vositachiligida tinchlik bitimi imzoladi va yahudiy yurti Sinayni misrliklarga qaytarib berdi.

Iordaniya ham Isroil bilan orani yaxshilab oldi. Ko'p o'tmay, Isroil G'azodan qo'shinlarini olib chiqib, hududdagi yahudiy mahallalarini tag-tugi bilan buzdi. Ammo G'arbiy sohil masalasi hamon yechimini kutayapti. Falastin esa Isroilni davlat deb tan olishdan bosh tortib keladi.

Olti kunlik urush suratlarda:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG