Mahmud Abbos tinchlik muzokaralarini tark etish-etmaslik shoshilib qabul qilinadigan qaror emas, deydi

  • Amerika Ovozi

Falastin rahbari bugun Fransiyada prezident Nikolya Sarkozi bilan ko’rishar ekan, bir to’xtamga kelishdan oldin arab davlatlari bilan maslahat qilib olishini aytgan.

Falastin rahbari bugun Fransiyada prezident Nikolya Sarkozi bilan ko’rishar ekan, bir to’xtamga kelishdan oldin arab davlatlari bilan maslahat qilib olishini aytgan.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Falastin prezidenti Mahmud Abbosni tinchlik muzokaralarini davom ettirishga undamoqda.

Iordan daryosining g’arbiy sohilida yahudiy mahallalarini qurishga qo’yilgan vaqtinchalik cheklov kecha nihoyasiga yetgan. Ba’zilar muloqot yana to’xtab qoladi deya xavotirda. Abbos nazarida tinchlik muzokaralari muhim va shoshilib qaror qabul qilish yaramaydi.

G’arbiy sohilda yahudiylar uchun uy-joy qurish 10 oy ildin qisman taqiqlab qo’yilgan edi. Moratoriy muhlati kecha kechqurun tugagan. Shunday bo’lsa-da, Isroil Falastin bilan muloqotni davom ettirmoqchi. Mahmud Abbos qurilish ishlari qayta boshlansa, muzokaradan chiqishi haqida ogohlantirgan.

Abbos nazarida Isroil tomoni moratoriyni yana uch-to’rt oyga uzaytirishi kerak. Biroq Benyamin Netanyaxu buning iloji yo’q, deydi.

Abbos nazarida Isroil tomoni moratoriyni yana uch-to’rt oyga uzaytirishi kerak. Biroq Benyamin Netanyaxu buning iloji yo’q, deydi.

Falastin rahbari bugun Fransiyada prezident Nikolya Sarkozi bilan ko’rishar ekan, bir to’xtamga kelishdan oldin arab davlatlari bilan maslahat qilib olishini aytgan.

Arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari 4 oktabrda majlis qilishi kerak. Abbos nazarida Isroil tomoni moratoriyni yana uch-to’rt oyga uzaytirishi kerak.

Biroq Benyamin Netanyaxu buning iloji yo’q, deydi. Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi yahudiy hukumati qaroridan afsusda va ikki arbobni kelasi oy Parijda muloqotni davom ettirishga undamoqda.

G’arbiy sohilda esa yahudiy aholi qurilish ishlariga kirishish payida. Hududda moratoriy tugashi munosabati bilan tantana avjida. Isroil ahli Bosh vazir Benyamin Netanyaxuni Falastin va AQSh bosimi ostida taslim bo’lmaslikka undamoqda.

Yahudiy aholi manfaatlarini himoya qiluvchi faollar qurilish ishlarini cheklash adolatdan emas, deydi. “300 mingdan ziyod fuqaro hayoti haqida gap ketmoqda. Ular boshpanaga muhtoj”, - deydi mana bu faol.

Ammo falastinliklar ham hududga da’vogar. “G’arbiy sohilda yahudiylar uchun qurilayotgan mahallalar asli bizniki, yerimizni tortib olib, boshqalarga hadya qilishayapti”, deb norozi bo’ladi ular.

Iordan daryosining g’arbiy sohilida yana uylar qurila boshlasa, tinchlik muzokaralari barbod bo’lishi mumkin. “Jerusalem Post” nashrida yozilishicha, Isroil va Falastin rahbariyati bir hafta muhlat olib, yechim topishga kelishib olgan.

Isroil bu hududni 1967 yilda bosib olgan va yuz minglab yahudiy shu yerda muqim joylashib olgan. Falastinliklar esa uni bo’lajak davlati uchun ko’zlab keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG