AQSh Isroilni yangi uylar qurish rejasidan qaytarmoqchi

  • Amerika Ovozi

Obama ma’muriyati Yevropa davlatlari qatorida Isroilni bosib olingan G’arbiy sohil va Sharqiy Quddusda minglab yangi imoratlar qurish rejasidan qaytishga undamoqda.

Falastin ahli hududni bo’lajak davlati uchun ko’zlab keladi.

Oq uy matbuot kotibi Jey Karni Isroil “ehtiyotkorlik bilan ish qilishi, rejani qayta ko’rib chiqishi kerak” deydi.

Falastin ma’muriyati o’tgan hafta BMT da “a’zo bo’lmagan kuzatuvchi davlat” maqomini olgach, Isroil qarshi chora sifatida yangi mahallalar qurish loyihasini e’lon qilgan.

Jey Karnining aytishicha, Isroilning qarori Falastin bilan orani yanada buzishi, tinchlik muzokaralariga pand berishi mumkin.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bu tanqidlarni inkor etib, rejadan qaytmaymiz, demoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG