Breaking News

Quddusda namoyishlar davom etmoqda


Quddusdagi muqaddas ibodatxona yaqinida norozilik namoyishlari davom etmoqda. Falastinliklar va Isroil politsiya o'rtasidagi to'qnashuvlarda bir necha kishi jarohatlangan.

Musulmonlar va yahudiylar uchun birdek muqaddas bo'lgan Harami sharifda falastinliklar ibodatxonaga erkin kirish uchun yo'lni ochib qo'yishni talab qilmoqda.

Isroil rasmiylari muqaddas dargohga 35 yoshdan kichik bo'lgan erkaklarni kiritishni taqiqlab qo'ygan.

Ayni paytda Falastinning "Fath" partiyasi tarqatgan xabarga ko'ra, bir qator partiya yetakchilarining G'azodagi uylarida oldindan rejalangan portlashlar yuz bergan. Falastin rasmiylari bu ish ortida Isroil turganini aytmoqda.

Portlashlarda hech kim jarohatlanmagan. "Fath" Falastin Prezidenti Mahmud Abbos mansub partiya sanaladi.

Juma kuni musulmonlar ibodat qilish uchun Harami sharifdagi masjidga kelar ekan, hududda Isroil politsiyachilari soni 1300 dan oshgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG