Breaking News

Isroil va Falastin yoshlari orasida zo'ravonlikka qo'l urayotganlar ko'paymoqda


Isroil yoshlari orasida zo'ravonlik kuchaymoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00

Isroil va Falastin o'rtasida tinchlik o'rnatilishiga umid kam. O'tgan hafta G'azoda HAMAS yetakchisi falastinliklar o'z maqsadlariga erishmaguncha kurash davom etishini bildirdi. Yahudiy yoshlari orasida ham ekstremistlar soni ortmoqda.

HAMAS rahbari Ismoil Haniyaning aytishicha, "bu tuproqlar ozod qilinmaguncha", falastinliklar kurashi davom etadi.

"Isyonni davom ettiramiz. Dunyoni hayratda qoldiradigan yo'llar bilan kuchimizni ko'rsatamiz. Biz buni G'azoni himoya qilish uchun emas, balki Quddusni va butun Falastinni ozod qilish uchun amalga oshiramiz", - dedi u.

Yangi yil kuni falastinliklar Isroil janubiga qarata bir necha raketa otgani, isroilliklar bunga havo hujumlari bilan javob qaytargani xabar qilindi. Isroil, shuningdek, o'z fuqarosini o'g'irlash va o'ldirishni rejalaganlikda ayblab, HAMASning olti a'zosini hibsga olgan. Bayt-Lahim shahrida yahudiy xavfsizlik kuchlari, shuningdek, uch falastinlikni o'ldirgan. Al Xalil shahrida Isroil askarini pichoqlashga uringan yana bir falastinlik o'ldirilgan. Bunday hujumlarga qarshi Isroil o'z askarlari uchun maxsus himoya kiyimlarini joriy etmoqda.

"Yana bir bor aytaman, yer bizga qaytarilmaguncha kurash davom etadi. Intifoda uchun qonimizni va jonimizni tikamiz", - deydi Ismoil Haniya.

Isroil nafaqat falastinliklarga, balki ultrakonservativ yahudiylarga ham qarshi kurashishi kerak. Kuni kecha 21 yoshli isroillikka G'arbiy Sohilda falastinlik er-xotin va ularning chaqalog'i halok bo'lgan xurujni uyushtirganlik ayblovi qo'yildi. U yahudiylarning "Xiltop yoshlari" degan ekstremistik guruhining a'zosi bo'lgan.

"Agar biz bu yerda bo'lmasak, arablar bo'ladi. Arablar nimanidir olsa, uni qaytarib olish qiyin bo'ladi. Bu urush ham emas, balki sukunatdagi kurash", - deydi guruh a'zolaridan biri.

Rasmiylarga ko'ra, "Xiltop yoshlari" guruhi a'zolari kam sonli bo'lib, davlat yoki xalq ularni qo'llab-quvvatlamaydi.

"Ular noqonuniy posyolkalarda, xohlagan joylarida yashashadi. Falastinliklarga nisbatan zo'ravon va qotillardek munosabatda", - deydi Shalom Xartman instituti tahlilchisi Tomer Persiko.

Falastin rasmiylari ham o'z yoshlarini nazorat qilishga qiynalayotganidan shikoyat qiladi. Kelajakdan umidsiz falastinliklar kurashni yagona chora sifatida ko'radi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG