Ramazonda minglab falastinlik erkin sayohat qila olmaydi

  • Amerika Ovozi

Kecha Tel-Avivda ro’y bergan otishmaga javob bu. Isroil Mudofaa vazirligi yaqinidagi maydonda ikki falastinlik o’t ochib, to’rt kishini o’ldirgan.

Kecha Tel-Avivda ro’y bergan otishmaga javob bu. Isroil Mudofaa vazirligi yaqinidagi maydonda ikki falastinlik o’t ochib, to’rt kishini o’ldirgan.

Isroil Ramazon oyida 83 ming falastinlikning sayohat qilish huquqini vaqtincha cheklab qo’ydi. Kecha Tel-Avivda ro’y bergan otishmaga javob bu. Isroil Mudofaa vazirligi yaqinidagi maydonda ikki falastinlik o’t ochib, to’rt kishini o’ldirgan.

Tel-Aviv markazidagi Sarona dahasida ko’plab restoran, do’kon va kafelar joylashgan. Otishma xaridorlar bilan gavjum mana shu bozorda ro’y bergan. Xavfsizlik kamerasi olgan videoda odamlar stullarni ag’darib, jon talvasasida qochayotganini ko’rish mumkin.

Galstuk taqib, did bilan kiyingan hujumchilar ayrimlarni yaqin masofadan otgani ma’lum. Isroil bosh vaziri hujumni “vahshiy jinoyat” deya qoraladi.

“Inson hayotini bir tiyinga olmaydigan, begunoh odamlarni o’ldirishga tayyor terrorchilarning ishi bu. Ular jazosini oladi, fuqarolarimizni himoya qilish uchun choralar ko’ramiz”, - deydi Benyamin Netanyaxu.

Hujumchilarning har ikkisi hibsga olingan. Politsiyaning qayd etishicha, Tel-Avivda fuqarolarga yoki politsiyaga hujum so’nggi bir necha oydan beri kuzatilmagan edi. Terakt ro’y berishi haqida xavfsizlik idoralarida biror ma’lumot bo’lmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG