Xalqaro fazo stansiyasini fazogirlar egallaganiga 15 yil to'ldi

  • Amerika Ovozi

Insoniyatning samoni zabt etganidan yarim asr o'tib yana bir muhim kuni nishonlandi: Xalqaro fazo stansiyasiga fazogirlarning doimiy joylashganiga 15 yil to'ldi.

Amerikalik va rossiyalik astronavtlar Uilyam Sheperd, Sergey Krikalyov va Yuriy Gidzenko ilk bor Xalqaro fazo markaziga chiqqandan beri o'tgan 15 yil ichida 17 davlatdan yana 220 odam u yerga uchishga muvaffaq bo'ldi.

Markazdan turib jurnalistlar bilan gaplashgan kosmonavt Skot Kelli u yerdagi missiya ilm-fanga bag'ishlanganini aytadi.

"Bu yerda jahon standartidagi orbita laboratoriyasi joylashgan. Yerga yaqin orbitada yashash imkoniyatlarini o'rganamiz. Bu esa Quyosh sistemasini yanada kengroq tadqiq etishimizga yordam beradi. Qiyin davrlarda ham shu maqsad hamkorligimizni mustahkam ushlab keldi", - deydi u.

100 milliard dollarlik fazo laboratoriyasi og'irligi 500 tonnaga yaqinlashgan bo'lib, Boing - 747 samolyoti bilan teng.

15 yillik yubiley kuni kun Kelli va rossiyalik astronavt Mixail Kornienko stansiyadagi missiyalarining bir yilligini ham nishonladi. Bu kabi uzoq muddatli parvozlarda tadqiqotchilar vaznsizlik, radiatsiya va yolg'izlikning inson tanasiga qanday ta'sir qilishini o'rganmoqda. Bu Marsga mo'ljallangan kelajak safarlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Amerikalik yana bir fazogir Chel Lindgrenning aytishicha, Xalqaro fazo stansiyasi kelajakda odamzotni Marsga olib chiqa oladigan texnologiyalarni bunyod etishda ko'prik vazifasini o'taydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG