Breaking News

Hech kim vatandan bosh olib ketishni xohlamaydi


Qochqinlarga nisbatan siyosat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

Qochqinlarga nisbatan siyosat

AQSh kelasi yil 110 ming nafar qochqinga eshigini ochadi. Bu yilgidan 30 foiz ko’p. “Amerika Ovozi” suriyalik muhojirlar bilan suhbatda bo’ldi. Ular Amerikadagi bugungi kayfiyatni tushunadi.

Ehson Marvon al-Hazzuriy Damashqdan. 2012-yilgacha bu shaharda kun kechirgan. Urush va tazyiq sabab ota-onasi va oilasini olib, vatanni tark etdi.

“Oilam, xususan farzandlarim va ota-onam uchun qildim bu ishni”.

Suriya xavfsizlik kuchlari bosimni oshirar ekan, Ehson yuk mashinasida oilasi bilan Iordaniya chegarasiga bordi. Ancha yo’lni piyoda bosib o’tishdi.

“Qo’rquv… Yeta olamizmi, yo’qmi, degan xavotir. Hukumat kuchlari va harbiylar har yoqda… Bir amallab Iordaniyaga yetib bordik. Omadimiz bor ekan, qirollik bizni qabul qildi. Ro’yxatdan o’tdik. Mana, bu yerdamiz”,- deydi Hazzuriy.

Bu oila Amerikaga yetib kelgan paytda qochqinlarga nisbatan fikr ancha salbiylashgan bir davr edi.

Prezidentlik uchun nomzod Donald Tramp Suriyadan kelayotganlarga shubha bilan qaraydi va Oq uyga saylansa, ularni AQShdan haydamoqchi.

“Suriyadan minglab sonlarda kelishayapti. Kim ular? Qayerdan? Hujjati yo’q, tarixini bilmaymiz. Lekin qabul qilayapmiz. Ahmoqmiz. Nega ularga ishonamiz? Bemalol kirib kelishayapti. Prezident bo’lsam, men ularni orqaga qaytaraman. Boshqa yo’l yo’q",- deydi Tramp.

Elande Vontamo – gumanitar va xayriya tashkiloti xodimi. Qochqinlarning kimligini, ular boshdan kechirgan voqealarni, ularning tarjimai holini bilamiz, deydi u. Har bir qochqin ming chig’iriqdan o’tadi.

“Har biri xavfsizlik bilan bog’liq talablarga javob berishi kerak, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tadi. Tinimsiz intervyular, uzundan uzoq tekshiruv”,- deydi Vontamo.

Hazzuriylar oilasi, masalan, ikki yil tekshirildi. BMT va Xalqaro Migratsiya Tashkiloti tomonidan bir necha bor suhbatga chaqirildi. Soatlab muloqotlar, savol-javoblar, o’nlab bet hujjat va formalar.

Ular qayerga boradi, qayda yashaydi – bu masalalarda oila biror talab qo’ya olmadi. Hazzuriylarni Amerika qabul qilishi aniqlanganida, bu davlat rasmiylari ular bilan uzoq gaplashdi - bolaligidan tortib, Iordaniyaga qanday borib qolganigacha.

Keksa ota-onasi ortda qoldi.

“Shokda edik. Amerikaga borasiz deyishganida og’zimiz ochilib qoldi.

Ikki oy ichida Ehson ish topdi. Bog’bonlik qilayapti. Hayoti yomon emas. Astalik bilan kattaroq joyga ko’chib o’tish niyatida. Ota-onasini olib kelmoqchi. Bolalari o’qib, yaxshi ishlarga joylashishini xohlaydi. Baxtli hayot uchun ko’p narsa kerak emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG