"Donolar" - Amerika o'quvchilar bellashadigan dastur

  • Amerika Ovozi

"Donolar" - Amerika o'quvchilar bellashadigan dastur

"Donolar" - Amerika o'quvchilar bellashadigan dastur

Amerikaliklar sevib tomosha qiladigan haftalik ko’rsatuvlardan biri shu kunlarda 50 yilligini nishonlamoqda.

“It’s Academic” deb nomlangan dasturni qisqacha qilib “Donolar” deb tarjima qilish mumkin, chunki unda bilimdon, eng sara o’quvchilar bellashadi.

Dam olish kunlarini qiziquvchan o’smirlar mana shu ko’rsatuv bilan boshlaydi. Yarim asrdan beri ekrandan tushmay keladi.

"Donolar" - Amerika o'quvchilar bellashadigan dastur

"Donolar" - Amerika o'quvchilar bellashadigan dastur

Vashington atrofidagi maktablardan tanlab olingan o’g’il-qizlar tarix, adabiyot, matematika, kimyo, din, siyosat va sport bobida kuch sinashadi, elakdan o’tkaziladi.

“Bolalar bilan ishlash juda qiziq. Ularni eshitib, ilhomlanasiz. Ular qiziqchi ham, lekin buni o’zlari uncha sezishmaydi”, - deydi u.

Altmanning onasi Sofi Altman 1950-yillarda muallimlar iltimosi bilan mana shu dasturga asos solgan.

“1961-yilda Amerika og’ir damlarni boshidan kechirayotgan, maktablarda irqchilik jiddiy muammo edi. Ilm maskanlari o’z obro’sini yaxshilash va adolatli ekanini isbotlash uchun chora qidirayotgan bir payt edi. Onam shu fikr bilan chiqqan”, - deydi Syuzan Altman.

Mak Makgarri “Donolar” paydo bo’lganidan beri uni olib boradi. 84 yoshda.

“Har safar atrofga qaraganimda 17 yoshli bolalarni ko’raman. Bunaqada qarib bo’ladimi? Yoshlarning ko’tarinki kayfiyati, shijoati sizga ham o’tadi. Ularga yetishib yurishga harakat qilar ekansiz”, - deydi Makgarri.

Makgarri 20 mingdan ziyod bolani chig’iriqdan o’tazib, 200 mingdan ko’p savol bergan. Olgan javoblari - antiqa.

“Bir kuni shunaqa savol bo’ldi: “Vaterlooda Napoleonni mag’lum etgan kim?” O’quvchi bola “Gertsog Ellington” deydi. Yana bir kun, Kommunistik partiya manifestini Fridrix Engels bilan kim yozgan deb so’rasam, bola “Groucho Marks” dedi”, - deydi Makgarri.

"Donolar" - Amerika o'quvchilar bellashadigan dastur

"Donolar" - Amerika o'quvchilar bellashadigan dastur

To’g’ri javoblar, tabiiyki, gersog Vellington va Karl Marks.

O’quvchi qiz Kelli Rider sinfdoshlari bilan o’tgan yili “Donolar” ko’rsatuvida Rokvil maktabidan qatnashgan edi. Vashington yaqinidagi bu maktab avval bir necha bor g’olib bo’lgan.

“Viktorinada qatnashish uchun juda ko’p mashq qilganmiz. Avval ham maktabimiz yutib chiqqanidan keyin uyaltirib qo’yish mumkin emasdi. G’olib bo’lganimizdan xursandmiz”, - deydi o’quvchi qiz.

Lekin bu o’yin hammaga ham qiziq emas.

“Men bilan qatnashgan bolalar meni hurmat qilishadi, ularning kapitaniman. Lekin boshqa o’rtoqlarim ustimdan kulishadi, bilag’on deb”, - deydi Kelli Rider.

"Donolar" - Amerika o'quvchilar bellashadigan dastur

"Donolar" - Amerika o'quvchilar bellashadigan dastur

Kelli Rider va uning safdoshlari musobaqaning baynalmilal ekanidan mamnun. Oldinlari unday emasdi.

“Haqiqiy Amerikani aks ettiadi bu shou. Turli elat, din va irq vakillarini ko’rasiz. Ko’rsatuvimiz endi boshlanganida, asosan, oqlar edi qatnashchilar. Bugun har bir sonida har xil millatdan qiz, o’g’illar bor. AQShda yashayotgan xalqlarning farzandlari. Amerka ko’zgusi”, - deydi Makgarri.

Taniqli amerikaliklar, jumladan, Davlat kotibasi Xillari Klinton va xizmat ko’rsatgan fazogir Timoti Krimer o’smir paytida “Donolar” ko’rsatuvida qatnashgan. Ajabmas, bugungi bolalar ham dunyoga tanilsa, xalqaro hamjamiyat hurmatiga sazovor bo’lsa.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG