Italiyada yirik sayohatchi kema halokatga uchragan

  • Amerika Ovozi

"Costa Concordia" Italiyaning Toskan mintaqasi, Jiglio oroli yaqinida turgan edi

"Costa Concordia" Italiyaning Toskan mintaqasi, Jiglio oroli yaqinida turgan edi

O’rtayer dengizida bugun misli ko’rilmagan voqea – Costa Concordia deb nomlangan yirik sayyohatchi kema sohil yaqinida ag’darilib, bortdagi 4000 odamning hayoti xavf ostida qolgan.

Ko’pchilik qutqarilgan. 70 kishidan darak yo’q. Kamida uch kishi nobud bo’lgan.

Voqea Toskana mintaqasiga kiruvchi Jiglio oroli yaqinida, kechki ovqat paytida yuz bergan.

Halokat sababni aniq emas, ammo kemada elektr toki tarmoqlari ishdan chiqqani ayon bo’lgach, ta’mirlash jarayoni boshlangan. Keyin esa birdaniga kema ag’darila boshlagan.

Bortdagilar hodisani 1912-yilda Atlantika okeanida “Titanik” kemasi halokatiga quyoslaydi.

“Dahshat, haqiqiy dahshat”, - deydi sohilga suzib yetib olganlardan biri. Suv muzlaydigan darajada sovuq.

“Qirg’oq yaqin bo’lmaganida, hammamiz o’lgan bo’lar edik”, - deydi yana bir sayyoh.

Costa Concordia uzunligi 290 metr, 13-qavatdan iborat. 13 bar, besh restoran, to’rt basseyn va 500 xona, balkonlari bilan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG