Kot-d’Ivuar prezidenti Loren Gbagbo qamalda

  • Amerika Ovozi

Kot-d’Ivuar prezidenti Loren Gbagbo qamalda

Kot-d’Ivuar prezidenti Loren Gbagbo qamalda

Afrika g’arbidagi Kot-d’Ivuar, Fil Suyagi Qirg’og’ida xalqaro hamjamiyat tomonidan prezident deb tan olingan Alasan Uttara tarafdorlari amaldagi rahbar Loren Gbagboning uyiga hujum qilgan.

Maqsad – o’tgan yilgi saylovlarda yengilgan, lekin buni tan olmayotgan Gbagboni taslim qildirish.

Davlatni 11 yildan beri boshqarayotgan Gbagbo yerto’la-bunkerda jon saqlamoqda va hozir bu bino Uttara tarafdorlari qurshovida.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti siyosiy tanazzulni tugatish yo’llarini muhokama qilmoqda. Gbagbo esa taslim bo’lmoqchi emas. Biroq, kuzatuvchilar taxminicha, uning oldida ishdan ketishdan boshqa yo’l yo’q.

Rahbar o’z xohishi bilan ketsa, BMT uni o’z himoyasiga olishga tayyor.

O’tgan yilning noyabrida prezident saylovlarida Ulasan Uttara g’olib deb topilgan, buni xalqaro hamjamiyat ham tan olgan edi. Lekin Loren Gbagbo qat’iyan qarshi.

Kot-d’Ivuar prezidenti Loren Gbagbo qamalda

Kot-d’Ivuar prezidenti Loren Gbagbo qamalda

Uttaraga sodiq kuchlar bir hafta ichida davlatning katta qismi ustidan nazoratni qo’lga olgan.

Yirik shaharlardan biri Abijan hozir nisbatan tinch. BMT rasmiylarining aytishicha, Gbagbo qo’lida ishlagan uch general qurolini tashlagan. Biri, prezidentning yaqin safdoshi Filipp Mangu otishmani bas qilishga undamoqda.

Hafta boshida BMT vertolyotlari prezident Loren Gbagboga sodiq harbiy kuchlarni nishonga olgan edi. Tashkilot rasmiylarining aytishicha, aholiga va tinchlikparvar qo’shinlarga qarshi qo’llangan harbiy texnika o’qqa tutilgan.

Hujum BMT Xavfsizlik Kengashi o’tgan hafta qabul qilgan rezolyutsiya tomonidan ma’qullangan, deydi ular. Fransiya qurolli kuchlari xalqaro tashkilotga yordam bermoqda.

Mojaro kuchayar ekan, Fransiya Gbagboga qarashli qurol-aslaha, arsenalni musodara qilmoqchi.

Dekabr oyidan beri Fil Suyagi Qirg’og’ida yuzlab odam o’lgan. BMTning inson huquqlari bo’yicha vakili Ivan Simonovich Abijanga borib, vaziyatni ko’zdan kechirmoqda. 1 million odam uy-joyini tashlab chiqqan. 100 ming fuqaro qo’shni Liberiya va Ganada.

AQSh prezidenti Barak Obama fikricha, Gbagbo zudlik bilan lavozimidan ketishi kerak. Qonli olishuvlar va zo’ravonlikka yakun yasash lozim, deydi u. Obama BMT pozitsiyasi va Fransiya harbiy kuchlarining xatti-harakatini qo’llab-quvvatlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG