Iqlim o'zgarib borayotgani - haqiqat, deydi taniqli fotograf

  • Amerika Ovozi

Iqlim o'zgarib borayotgani - haqiqat, deydi taniqli fotograf

Iqlim o'zgarib borayotgani - haqiqat, deydi taniqli fotograf

Fotograf va sayyoh Jeyms Beylog mana 30 yildirki hayvonot olami, tabiatni suratga olib keladi. Oxirgi asarlari yil sayin erib borayotgan muzliklar haqida. Shu yo’l bilan u dunyo ahlini iqlimdagi salbiy o’zgarishlardan ogoh qilmoqchi.

Beylog sayyoramizning g’oyib bo’layotgan oq qalpoqlari – muzliklarga diqqat bering deydi:

“Bir kun qarasangiz bor, ikkinchi kun g’oyib bo’ladi, tamom, bu muzliklar. Ilg’ab bo’lmas jarayon. Bu o’z navbatida tabiatga, jonivorlar hayotiga ta’sir qilayotgani aniq”.

Jeyms Beylog 2005 yilda asos solgan loyiha muzliklar, qor qoplagan orollarni kuzatishni maqsad qilgan. Fotograf Grenlandiya, Islandiya hamda Alyaska va Shimoliy Amerikaning boshqa qorga cho’mgan qoyalarda video, fotokameralar o’rnatib, kunduz timimsiz suratga tushirdi.

Har bir kamera yiliga 4500 dona foto yetkazib beradi. Jeyms Beylog suratlarni qo’lga olib, hayratdan yoqa tishladi. Minglab tasvirlarni ketma-ketma ko’rib, taajjubga tushasiz.

“Nahotki shu haqiqat bo’lsa? Tog’day-tog’day, salobatli muzliklar qisqa vaqt ichida yo’qolib ketmoqda. Tabiatning shunday qudratli asarlaridan nom-nishon qolmasligi mumkin. O’z ko’zingiz bilan ko’rib, birdan sergak tortar ekansiz”.

Bu suratlar dalil – muzliklar tezlikda erib ketayapti. Grenlandiyada bahaybat qoya shart qulaganini ko’rasiz. Alyaskada o’rnatilgan kamerani yarim yilda ko’chirishga majbur bo’ldik, deydi Baylog.

“Kamerani har safar burish turish kerak bo’ldi, chunki katta-katta muz bo’laklari ajralib, qora g’oyib bo’layotgan edi. Jarayonni kuzatish uchun biz ham siljishimiz kerak edi. Olti oyda bunaqa o’zgarsh bo’lishini kim bilibdi?” deydi fotograf.

Suratlarni ko’rib, deydi Jeyms Beylog, iqlim o’zgarib borayotganiga ishon hosil qilasiz.

“Qo’l siltab qo’ya olmaysiz bundan keyin. Birovga nasihat o’qimoqchi emasman. Va’zxon, olim yoki siyosatchimasman. Vaziyatga xolis qarashsiz odamlar, deyman. Mana suratlar, ko’rib xulosa qilavering”, - deydi Beylog.

Jeyms Beylog qilgan izlanishlari uchun yaqinda ekologiya sohasida nufuzli Xayns mukofoti bilan taqdirlandi.

“Muzliklarni tadqiq qilishda men bilan ishlagan barcha nomidan minnatdorchilik bildiraman”, -deydi suratkash.

Usta fotograf sayyora naqadar nozik, nodir bir ne’mat ekanini, uni himoya qilish qanchalik muhim ekanini tushundim, deydi. Shu bilan jamiyatda, dunyoda jinday o’zgarish qilgan bo’lsam mamnunman, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG