"Xabbl" o'rnini Jeyms Vebb teleskopi egallaydi

  • Amerika Ovozi

Vebbning o’ta yengil oynaklari “Xabbl” nikidan olti karra katta. Bahaybat yangi teleskop ulashgan ma’lumotlar insoniyatning bilimini benihoya boyitishi kutilmoqda.

Vebbning o’ta yengil oynaklari “Xabbl” nikidan olti karra katta. Bahaybat yangi teleskop ulashgan ma’lumotlar insoniyatning bilimini benihoya boyitishi kutilmoqda.

"Xabbl” (Hubble) teleskopi bu yil 25 yoshini qarshiladi. Vosita ishini davom ettirsa-da, uning o’rinbosari xizmatga deyarli tayyor.

Yangi Jeyms Vebb teleskopi 1960-yillarda NASAni boshqargan olimning nomiga atalgan va 2018-yilda foydalanishga topshirilishi kerak. “Xabbl” va bahaybat yangi teleskop ulashgan ma’lumotlar insoniyatning bilimini benihoya boyitishi kutilmoqda.

“Xabbl” va Vebb teleskopi ko’p jihatdan o’xshash. Ikkisi koinotda ishlaydi, oynaklar yordamida olisdagi yulduzlardan yorug’lik oladi, radiosignallar yordamida suratlarni uzatadi va quyoshdan quvvat oladi. “Xabbl” dan farqli ravishda Vebb infraqizil nur bilan ishlaydi, deydi olim Mett Grinxaus:

“Vebb teleskopi boqiy jismlarni ko’rish va rasmga olish imkonini beradi”.

Buni uddalash uchun teleskop Yer sayyorasi uzra bir yarim million kilometrga ko’tarilishi kerak. Holbuki, “Xabbl” teleskopi Yerga yaqin parvoz qiladi va faqat ko’rsa bo’ladigan, ultrafiolet nurli hamda oz sonli infraziqil jismlarni ko’ra oladi.

“Infraqizil nurlarni ko’rish qobiliyati bilan biz koinotning qalin bulutlari oralab osmon jismlarini ilg’ashimiz mumkin bo’ladi. Atom, molekulalarni aniq ko’rib tasmaga tushirib, fazoning kimyoviy mohiyatini tushuna bilamiz”, - deydi Grinxaus.

Vebbning o’ta yengil oynaklari “Xabbl” nikidan olti karra katta. Jihoz doim sovuq, yax xonada turishi kerak.

“…minus 200 daraja Selsiy holatida saqlash kerak. Chunki nol darajadan jinday bo’lsa ham ko’tarilsa, atrof ifraziqil nurlar tarqata boshlaydi. Sovuq holatda ushlamasak, vosita o’zining qip-qizil ekanidan ko’r bo’lishi mumkin”, - deydi olim.

Vebbning ko’pqavatli qobig’i quyoshning nuridan, Yer va Oydan aks etayotgan nurdan saqlaydi. Qobiq teleskopning qizib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bu zamonaviy usul-texnika Vebb teleskopini “Xabbl” dan yuz bor kuchliroq qiladi.

“Bir paytning o’zida yuzta galaktikalarni tomosha qilib, rasmga olishimiz mumkin”, - deydi Grinxaus.

Vebb uch yildan keyin ishga tushadi. Hozir yasash va sinash jarayoni ketayapti. Grinxausning aytishicha, oldingi xatoni qilmaslik kerak. “Xabbl” xira oynasi bilan fazoga uchgan edi.

“Xabbl” dan farqli ravishda Vebb teleskopini koinotda tuzatib bo’lmaydi. Demak, hammasi hozir ishlashiga ishonch hosil qilish kerak.

“Huddi “Xabbl” da bo’lgani kabi Vebbning vazifasi ham nihoyasiga yetganidan keyin, bu vosita biz avval o’ylagan, ko’zlagan savollarga emas, umuman boshqa savol va muammolarga javob topganiga amin bo’lamiz”, - deydi Grinxaus.

“Xabbl” avval o’ylanganidan uzoqroq vaqt ishladi. Olimlar yangisining ham umri uzunroq bo’ladi, deya umidvor. Teleskop - Amerika, Yevropa va Kanada fazo agentliklarining mehnati mahsuli.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG