Fukushima atom elektr stansiyasida ta'mirlash ishlari yana to'xtagan

  • Amerika Ovozi

Fukushima atom elektr stansiyasida ta'mirlash ishlari yana to'xtagan

Fukushima atom elektr stansiyasida ta'mirlash ishlari yana to'xtagan

Zavodning uchinchi reaktoridan kunduzi qalin tutun chiqa boshlagach, ishchilar evakuatsiya qilingan.

Yaponiya poytaxti Tokioda suv tarkibida radioaktiv yod moddasining miqdori ko'paygani aniqlangach, gubernator Shintaro Ishixara shaharning 13 millionlik aholisini bosiqlikka chaqirmoqda.

Ota-onalarga bir yoshgacha bo'lgan chaqaloqlar uchun ovqat tayyorlashda bu suvdan foydalanmaslik tavsiya qilinmoqda. Odamlar butilkali suv xarid qilishga otlangan. Gubernator aholini suvni tejashga chaqirmoqda.

Tokio zilzila va sunamidan zarar ko'rgan Fukushima atom elektr stansiyasidan 250 kilometr narida joylashgan. Zavodning uchinchi reaktoridan kunduzi qalin tutun chiqa boshlagach, elektr quvvatini tiklash ishlari to'xtatilib, ishchilar evakuatsiya qilingan. Elektr quvvati tiklansa, reaktorni sovitish sistemasi ishga tushadi. Havoda radiatsiya miqdori oshmagani qayd etiladi.

Mamlakatda sut va bargli sabzavotlar sotuvi cheklangan. Qo'shma Shtatlar esa Fukushima atrofidagi to'rt viloyatdan sut va sut mahsulotlari, meva va sabzavot importini taqiqlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG