Xitoy Yaponiyani mudofaa siyosatidan chekinayotganlikda ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

Yaponiya armiyasi

Yaponiya armiyasi

Yaponiya parlamentining quyi palatasi armiya harakatlarini cheklovchi qonunni yumshatib, Ikkinchi jahon urushidan keyingi harbiy doktrinasiga jiddiy tuzatish kiritmoqda. Chora mualliflari Bosh vazir Shinzo Abening Liberal demokratlar partiyasidan bo’lib, asosiy muxolif partiya qarshiligiga qaramay, deputatlar qonun loyihasini tasdiqlagan.

"Yaponiya atrofidagi xavfsizlik bilan bog’liq vaziyat taranglashmoqda. Qonun xalqimizni himoya qilib, urushning oldini olishga qaratilgan”, - dedi bosh vazir.

Muxolif Yaponiya Demokratik partiyasi raisi Katsuo Okada qonun loyihasining atroflicha muhokama etilmaganidan norozi. Uning aytishicha, agar xavfsizlikka oid qonun loyihalari bosim ostida tasdiqlatiladigan bo’lsa, Yaponiya xorijda harbiy kuch ishlatadigan mamlakatga aylanadi.

Shinzo Abening ta’kidlashicha, Yaponiya u bilan hududiy munozaralarga kirishgan Xitoy harbiy qudratining oshib borayotganiga befarq bo’la olmaydi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi qonunning qabul qilinganini qoralab, Yaponiyaning faqat mudofaaga qaratilgan siyosatidan chekinish kuzatilayotganini ta’kidladi.

"Yaponiya tarixdan saboq olib, tinch yo’ldan yurishda davom etishi, Xitoy suvereniteti va milliy manfaatlariga tahdid solishdan o’zini tiyib, mintaqa tinchligi va barqarorligini o’ylashi kerak”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Yangi qonun Yaponiya armiyasiga kollektiv mudofaada ishtirok etishga, hujumga uchragan do’stona mamlakatlarni himoya qilishga ruxsat beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG