Yaponiya, qaqshatqich zilziladan bir yil o'tib...

  • Amerika Ovozi

Bundan bir yil oldin kuchli zilzila va uning ketidan kelgan tsunami Yaponiyani qaqshatgan, uning katta qismini yer bilan yakson qilgan edi. Ofat oqibatida mamlakat yadroviy tahdid bilan yuzlashdi, chunki atom zavodlariga katta zarar yetgan edi.

Bugun Yaponiya imperatori Akixito poytaxt Tokioda millionlab fuqarolar singari ibodat qildi va o’sha mash’um kunda halok bo’lganlarni xotirladi.

9 ballik zilzila va okeandan urgan halokatli to’lqinlar 19 ming kishini hayotdan olib ketdi, 3 ming odam esa daraksiz.

Fukushima kabi yirik yadroviy ob’yektlardan tarqalgan radiatsiya aholi hayotini qiyinlashtirgan. Bugun minglab yaponlar vaqtincha boshpanalarda yashaydi. Ishsiz yurganlar ko’p. Ruhan tushkunlik keng tarqalgan holat.

Yaponiya Bosh vaziri Yoshixiko Noda Amerika matbuotida chop etilgan maqolasida xalqi o’tgan bir yil ichida katta sinovlarni boshdan kechirgani, fojiaga qaramay kelajakka umid bilan boqayotgani, sabr-bardoshli ekani haqida yozdi.

Yaponiya dunyo ahli bergan yordamdan minnatdor, deydi Yoshixiko.

“Xalqim sizdan toabad qarzdor”, - deya yozadi u "Vashington Post" gazetasida.

Vayronaga aylangan shahar va qishloqlar tozalab bo’lingan, lekin aholi uchun hayotni yangidan boshlash, qayta oyoqqa turish uzoq vaqt oladi, deydi davlat rahbari.

Bugungi manzara suratlarda:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG