Yaponiyada 7 balli zilzila yuz berdi

  • Amerika Ovozi

Yaponiyaning shimoli-sharqiy sohilida 7,4 balli zilzila va kichik sunami yuz berdi.

Yaponiya meteorologiya agentligi xabariga ko'ra, yer qimirlashi Fukushima prefekturasi qirg'og'ida, 10 km chuqurlikda sodir bo'lgan.

Zilzila ketidan yuz bergan sunami oqibatida dengiz to'lqinlari 90 sm.ga ko'tarilgan. Bir yarim soat o'tib, ba'zi hududlarda to'lqin balandligi 1,4 metgacha yetgan, toshqinlarga sabab bo'lgan.

Zilzila va sunami yetkazgan zarar miqdori kam. Suv toshqini xabari kelishi bilan, hududdan aholi evakuatsiya qilingan.

Zilzilaning kuchi 2011-yil mart oyida yuz bergan 9 balli yer qimirlashi va 40 metrgacha ko'tarilgan ulkan sunamidan ancha kam. 5 yil oldingiz fojeada 20 mingga yaqin odam o'lgan, Fukushima atom elektr stansiyasi zarar ko'rib, tashqariga radioaktiv moddalar chiqib ketgan edi.

Sansiya faoliyatini to'xtatgan, ammo u yerdagi mavjud yadro materiallarini himoyalash uchun sovutkichlar hanuz ishlab turibdi.

2015-yil "TEPCO" kompaniyasi Fukushimadagi 1-yadro stansiyasi atrofida 780 metrli devor qurdi. Maqsad zavodda buzilish yuz bergan holatda undan chiqadigan zararli suvning okeanga quyilishiga yo'l qo'ymaslik.

Atrof-muhitni himoya qiluvchi tashkilot faoli Kendra Olrichning aytishicha, so'nggi zilzilaga devorlar yaxshi bardor bergan, ammo mintaqa yadro inshootlaridan foydalanish uchun beqaror hudud ekani yana bir bor o'z tasdig'ini topgan.

Olrichga ko'ra, 5 yil oldingi sunami oqibatida atrofdagi dalalarga sizib chiqqan radioaktiv moddalar hanuz jamoatchilik sog'lig'i uchun xavf solmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG