Yaponiya Katta yettilik anjumaniga mezbon

  • Amerika Ovozi

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Jan Klod Yunker, Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo, Amerika Prezidenti Barak Obama, Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron va Yevropa Kengashi Prezidenti Donald Tusk Yaponiyadagi sammitda. 26-may, 2016-yil.

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Jan Klod Yunker, Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo, Amerika Prezidenti Barak Obama, Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron va Yevropa Kengashi Prezidenti Donald Tusk Yaponiyadagi sammitda. 26-may, 2016-yil.

Yaponiyaning Ise-Shima shahrida Katta Yettilik sammiti o’tmoqda. Kun tartibidagi bosh mavzular - global iqtisodiy o’sishni ta’minlash, savdo, iqlim va terrorizmga qarshi kurash.

Katta Yettilikka Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh va Yaponiya kiradi.

Barchamiz uchun muhim bo’lgan xavfsizlik masalalariga ham to’xtab o’tdik, deydi Prezident Barak Obama.

Jumladan, Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat. Ukraina mojarosi haqida ham gaplashdik. Muzokaralarda bir oz siljish bo’lsa-da, Ukraina sharqida otishmalar kamaygani yo’q, dedi u.

Ertaga AQSh rahbari Ikkinchi Jahon urushida halok bo’lganlarni xotirlash uchun Xirosima shahriga tashrif buyuradi.

Ayrimlar nazarida Obama 1946-yilda AQShning yadro hujumiga uchragan bu shahar ahli oldida uzr so’rashi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG