"Islomiy davlat" yapon mahbuslardan birining kallasini olganini da'vo qilmoqda

  • Amerika Ovozi

"Islomiy davlat" guruhi seshanba kuni jurnalist Kenji Goto va oddiy fuqaro Haruna Yukavani videoga olib internetga joylagan. Yaponiya hukumatiga pulni o'tkazish uchun 72 soat muhlat berilgan edi.

"Islomiy davlat" guruhi seshanba kuni jurnalist Kenji Goto va oddiy fuqaro Haruna Yukavani videoga olib internetga joylagan. Yaponiya hukumatiga pulni o'tkazish uchun 72 soat muhlat berilgan edi.

Yaponiya "Islomiy davlat" jangarilari qo'lida qolayotgan ikki fuqarosini ozod qilishga harakat qildi, biroq urinishlar zoye ketgan ko'rinadi. Internetda paydo bo'lgan videoda mahbuslardan birining kallasi olingani da'vo qilinadi. Video hozirda tekshirilmoqda, deya bildiradi Tokio rasmiylari. Jangarilar ularning evaziga 200 million dollar talab qilgan edi.

Tutqunlardan birining onasi Yaponiya hukumatidan jangarilar talabiga ko'nib, pul to'lashni va farzandini qutqarishni so'ragan edi.

"Islomiy davlat" guruhi seshanba kuni jurnalist Kenji Goto va sayyoh Haruna Yukava tasvirlangan videoni internetga joylab, Yaponiya hukumatiga pulni o'tkazish uchun 72 soat muhlat bergan edi.

Jangarilar Yaponiyani "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda qatnashayotgani uchun shu tariqa jazolamoqda.

Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kishida fuqarolarni qutqarish uchun barcha choralarni ishga solindi, lekin "terrorizmga bo'yin egmaymiz", deydi.

Yaponiya Suriya va Iroqda jangarilarga qarshi koalitsiya tarkibiga kirmagan. Lekin jangarilar avval yapon fuqarolarini o'ldirgan. Xususan, 2013-yilda Jazoirdagi zavodga hujum 10 yaponni hayotdan olib ketgan edi.

"Islomiy davlat" ga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo'shilgan Yaponiya aynan shu harakat uchun 200 million dollar ajratishga qaror qilgan. Yaqin Sharq taraqqiyoti uchun esa 2,5 milliard dollar va'da qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG