Radiatsiya kuchli Yaponiya Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qila oladimi?

  • Amerika Ovozi

Tokio, Madrid va Istanbul 2020-yilgi sport musobaqalariga mezbon bo’lmoqchi. Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi shu oy tugal qaror qabul qilishi kerak.

Tokio, Madrid va Istanbul 2020-yilgi sport musobaqalariga mezbon bo’lmoqchi. Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi shu oy tugal qaror qabul qilishi kerak.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abening aytishicha, Fukushima atom zavodidan tarqalayotgan radiatsiyaga qaramay, mamlakat 2020-yilgi Olimpiya o’yinlariga mezbonlik qilishga qodir.

Abe bu haqda bugun Rossiyadagi Katta Yigirmalik sammitiga jo’nashdan oldin jurnalistlar bilan gaplashgan.

Bosh vazir Xalqaro Olimpiya Qo’mitasini yaqin yetti yilda radiatsiya tahdidi butunlay yo’qoladi, deya ishontirmoqda.

Yaponiya hukumati yaqinda atom reaktorlaridan yuzlab tonna zaharli suv chiqib, Tinch okeaniga to’kilayotganini tan olgan.

Ikki yil oldin mamlakatda yuz bergan zilzila va sunami natijasida Fukushima zavodi ziyon ko’rgan.

Bu yaqin chorak asrda eng dahshatli yadroviy halokat deya ta’riflangan edi.

Tokio, Madrid va Istanbul 2020-yilgi sport musobaqalariga mezbon bo’lmoqchi.

Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi shu oy tugal qaror qabul qilishi kerak.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG