Yaponiya radiatsion ofat bilan yuzlashmoqda

  • Amerika Ovozi

Atmosferaga zaharli modda sizib chiqib, shimoli-sharqiy sohil bo’ylab yoyilmoqda - aholi hayoti xavf ostida

Atmosferaga zaharli modda sizib chiqib, shimoli-sharqiy sohil bo’ylab yoyilmoqda - aholi hayoti xavf ostida

O’tgan hafta tabiiy ofatdan jabr ko’rgan Yaponiyada yadro zavodi portlashi va radiatsiya tarqalishi oqibatida vaziyat kun-sayin og’irlashib bormoqda.

Mamlakat radiatsion ofat bilan yuzlashmoqda. Bosh vazir Naoto Kan xalqni bardam bo’lishga undamoqda.

Atmosferaga zaharli modda sizib chiqib, shimoli-sharqiy sohil bo’ylab yoyilmoqda - aholi hayoti xavf ostida.

Yaponiya radiatsion ofat bilan yuzlashmoqda

Yaponiya radiatsion ofat bilan yuzlashmoqda

Naoto Kan ikki bor portlagan Fukushima yadro zavodi atrofida yashovchi 100 ming fuqarodan tashqariga chiqmaslikni so’ramoqda.

Yadroviy inshootga bevosita qo’shni bo’lgan 200 ming aholi avvalroq evakuatsiya qilingan edi.

Rasmiylarning aytishicha, Fukushima zavodida radiatsiya miqdori odam yiliga olishi mumkin bo’lgan nurlanish darajasidan sakkiz marta yuqori.

Reaktorni sovutish uchun mas’ul xodimlardan tashqari hamma zavodni tark etgan.

Yaponiya radiatsion ofat bilan yuzlashmoqda

Yaponiya radiatsion ofat bilan yuzlashmoqda

Juma kungi to’qqiz ballik zilzila va kuchli sunami shahar va qishloqlarni vayron qildi. Ofat 10 ming odamni hayotdan olib ketdi, millionlab fuqaro boshpanasiz.

Yaponiya yadroviy fojea bilan olishar ekan, xalqaro atom agentligidan yordam so’ragan.

Qo’shma Shtatlar o’z yadroviy inshootlari xavfsizligini qayta ko’rib chiqmoqda.

Atom energiya sanoati strategik soha hisoblanadi. Mamlakatni yuritib turgan quvvatning 20 foizi yadro zavodlaridan keladi.

Atom masalalari bo’yicha komissiya raisi Gregori Jajko fikricha, Yaponiyadagi radiatsiya Amerikaga, xususan uning Gavay orollariga ta’sir qilishi gumon – o’rtada masofa katta.

Rasmiyning aytishicha, yadro ob’yektlari yaxshi himoya qilinadi va zilzila ro’y bergan holda ehtiyot choralari ko’rilgan.

Yaponiya radiatsion ofat bilan yuzlashmoqda

Yaponiya radiatsion ofat bilan yuzlashmoqda

“Qo’shma Shtatlar Yaponiyaga madad berib keladi va vaziyatdan saboq olmoqda”, - deydi Jajko.

AQSh Energetika vaziri Daniel Pounmen so’zlariga ko’ra, mamlakat energetika siyosatida tub o’zgarish rejada yo’q.

“Yaponiyadagi manzarani hisobga olamiz”, - deydi u.

“Tabiiy ofatlar bo’lib kelgan, bu odamzot uchun yangilik emas. Atom inshootlarining xavfsizligini ta’minlash bizning vazifamiz”, - deydi vazir.


Prezident Barak Obama “Yaponiyani har tomonlama qo’llab-quvvatlashda davom etamiz”, - deydi. “Hukumatlar, harbiylar, mutaxassislar hamkorlik qilmoqda”.

Yaponiya va jahon qimmatbaho qog’ozlar bozorida narxlar tushib ketgan. Hukumat biznes ahlini tinchlanishga undamoqda va aksiya bozoriga milliardlab dollar kiritgan.

Yaponiya shubhasiz og’ir kunlarni boshdan kechirmoqa.

Lekin tiklanish ishlari boshlanar ekan, sarmoya oqimi oshadi va bu iqtisodning oyoqqa turishi uchun katta hissa qo’shadi, deydi tahlilchilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG