Breaking News

Yaponiyadan avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti to’xtab qolgan


Yaponiyadan avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti to’xtab qolgan
Yaponiyadan avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti to’xtab qolgan

Yaponiya iqtisodiyoti hajmi bo’yicha jahonda uchinchi o’rinda turadi. Yangi texnologiya va ajabtovur kashfiyotlarga kelganda, unga yetadigani yo’q.

Bu davlatni urgan zilzila va sunami dunyo bo’ylab aks-sado bermoqda.

Elektronik mahsulotlar va mashinalar uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi zavod va fabrikalar ishdan to’xtagan.

Chet eldagi mijozlar uchun bu nimani anglatadi?

Transport, aloqa va kommunikatsiya, video o’yinlar sanoati … Yaponiyadagi tabiiy ofat zamonaviy hayotning har bir jabhasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi turgan gap.

Yaponiyadan avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti to’xtab qolgan
Yaponiyadan avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti to’xtab qolgan

Energiya taqchilligi hozir Yaponiyada eng katta muammo.

Amerikalik tadbirkor Deyl Ford so’zlariga ko’ra, zilziladan vayron bo’lgan korxonalar dunyo bozorini silikon materiallar bilan ta’minlab turar edi.

Istagan bir texnikani oling, uni yasashda qo’llangan yarimo’tkazgichlar ana shu materialdan tayyorlanadi. Kompyuterdan tortib, telefonlargacha. Silikon vositalar zamonaviy avtomobillarning ham muhim qismi.

Yaponiyadan avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti to’xtab qolgan
Yaponiyadan avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti to’xtab qolgan

“Amerikada bir qancha avtokorxonalar ishini to’xtatishga majbur, chunki Yaponiyadan ehtiyot qismlar kelmay qo’ydi”, - deydi Deyl Ford.

“Toyota” va “Honda”, shuningdek AQShning “General Motors” korxonasi bir necha kunga yopildi.

Endi Koyl, “Honda”ning Los-Anjelesdagi dilerlik markazi rahbari. Yaqin orada mashina bozorida ham o’zgarishlarni kutavering, deydi.

“Xaridorga u istagan rang yoki rusumdagi mashinani yetkazib bera olmasligimiz mumkin”.

Soha mutaxassislariga ko’ra, bular hozircha narx-navoga ta’sir qilgani sezilmaydi. AQSh bozorida avtomobillar bahosi o’sha-o’sha. Ehtiyot qismlar kelmay qo’ysa, yana kim bilsin.

Yaponiyadan avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti to’xtab qolgan
Yaponiyadan avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti to’xtab qolgan

Yaponiya tez orada qaddini rostlab, zavodlar ishga tushmasa apreldan boshlab mahsulot narxi oshadi deyavering.

“Honda” markazi rahbari Endi Koyl deydiki, bu birinchi navbatda xaridor karmoniga zarar.

“Bozorda muvozanatni ushlab turadigan - talab va taklif. Bir joyda ta’minot uzilsa bormi, darrov mahsulot bahosida bilinadi. Avvalgidek savdolashish yo’q”, - deydi Koyl.

Yaponiyadagi dahshatli zilzila va sunamining yana bir oqibati shuki, ayrim elektron mahsulotlarni xarid qilish uchun uzoqroq kutishga to’g’ri keladi. Ammo talab bor ekan, kompaniyalar mijozga albatta yetkazib beradi.

Ko’plab avtokorxonalar hozir ehtiyot qismlarni boshqa mamlakatlardan xarid qilishga o’tmoqda.

Yapon zavodlari to’la ishga tushib, eksport qila boshlashi uchun 6 oygacha vaqt kerak.

XS
SM
MD
LG