Yaponiyada zilzila, Filippinda to’fon

  • Amerika Ovozi

Yaponiya shimoli-sharqida kuchli zilzila ro’y berib, ofat sunami chaqirgan. Silkinish poytaxt Tokioda sezilib, binolar qattiq chayqalgani aytilmoqda. Miyagi viloyati sohillarini suv bosdi, deydi rasmiylar.


Hudud 2011-yilning martidagi dahshatli zilzila va sunamidan eng ko’p talofat ko’rgan edi. 7,3 ballik silkinishdan o’lganlar yo’q. Hukumat aholini sohil bo’yidan teparoqqa ko’chishga da’vat etayapti.

Minglab fuqarolar uy-joyini tashlab chiqqan. O’tgan yilgi fojea 20 ming kishining yostig’ini quritgan, Fukushima atom stansiyasi ishdan chiqib, bu Chernobildan keyin eng qo’rqinchli yadroviy halokat deya e’tirof etilgan edi.

Filippin prezidenti Beninyo Akino janubdagi Mindanao oroliga borib, Bopa to’foni asoratlarini ko’zdan kechirdi. Tabiiy ofat natijasida qariyb 500 odam jon bergan, yana yuzlab fuqarolarning daragi yo’q.

Prezident Akino uy-joyidan ayrilganlar holidan xabar oldi. To’fondan keyin bundaylar soni 300 mingdan oshgan, xususan, ofat Bataan shahrini deyarli butunlay vayron qidi.

Yo’llar, ko’priklar yaroqsiz ahvolda ekani bois qidiruv-qutqaruv ishlari sust kechmoqda. O’tgan yili Filippinni urgan Vashi dovuli 1200 kishini hayotdan olib ketgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG