Fukushima reaktorlarida nurlanish darajasi o’ta yuqori, remont kechikadi

  • Amerika Ovozi

Fukushima reaktorlarida nurlanish darajasi o’ta yuqori, remont kechikadi

Fukushima reaktorlarida nurlanish darajasi o’ta yuqori, remont kechikadi

Yaponiyaning Fukushima atom elektr stansiyasidagi reaktorlar ichida nurlanish darajasi o’ta yuqori bo’lib, mutaxassislarning ichkarida ishlashi mumkin emas.

Natijada ta’mirlash ishlari kechikadi. Zilzila va sunami ketidan bir oy o’tib, olimlar birinchi bor reaktorga robot kiritib, shunday xulosaga kelgan.

Rasmiylarning aytishicha, ofatdan eng qattiq mayib bo’lgan 1 va 3- reaktorlarga yo’lash mumkinmas. Uni remont qilaman deb borgan odam to’rt soatda qattiq zaharlanadi.

11 mart kuni yer qimirlab, stansiyani suv bosgan, reaktor sovitgichlari ishdan chiqqan edi. Xarobaga aylangan bu binodan tarqalayotgan radiatsiya havo, suv va yerni bulg’amoqda. 10 minglab odam uyini tashlab chiqishga majbur bo’lgan.

Rejaga ko’ra, inshootdagi barcha reaktorlar taxminan to’qqiz oyda yopilishi kerak. “Maqsad hali ham shu”, - deydi Bosh vazir Naoto Kan. “Yaponiya mudhish halokat bilan yuzlashar ekan, energiya siyosatini qayta ko’rib chiqish kerak”, - deydi vazir.

Naoto Kan fojea borasida sustkashlik qilganlikda ayblanib tanqid qilinadi. Muxolifat nazarida vazir lavozimidan ketishi kerak.

Fukushima reaktorlarida nurlanish darajasi o’ta yuqori, remont kechikadi

Fukushima reaktorlarida nurlanish darajasi o’ta yuqori, remont kechikadi

Yaponiyaga safar qilgan AQSh Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klintonning aytishicha, ikki davlat birlashib, 9 ballik zilzila va sunamidan vayron bo’lgan mahallalar va shaharlarni tiklaydi.

“Boshqalar qiynalgan damlarda Yaponiya birinchilardan bo’lib yordam qo'lini uzatgan”, - deydi Klinton. “O’nlab mamlakatlar bu sahiylikka javob qaytarmoqda”.

Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Takeaki Matsumoto Qo’shma Shtatlar madadini olqishladi. Ofat ketidan Amerika 20 ming mutaxassis va 200 dona samolyot, kema jo’natgan. Fukushima atom elektr stansiyasini ta’mirlash uchun ekspertlar yo’llagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG