Abe va Obama AQSh Yaponiya rasmiylarini kuzatganini muhokama qildi

  • Amerika Ovozi

Abe va Obama, arxiv surat

Abe va Obama, arxiv surat

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe AQSh Prezidenti Barak Obama bilan Amerika razvedkasining yapon rasmiylarini kuzatgani haqidagi ma'lumotlar xususida telefon orqali gaplashgan.

Tokioning bildirishicha, Obama bu ishdan afsusda ekanini aytgan. Abening so'zlovchisi shu haqda ma'lum qilgan, biroq Obama josuslik holatini tasdiqlaganmi, yo'qmi, ma'lum emas.

Yoshixide Suganing aytishicha, Abe voqeadan chuqur xavotirda. Unga ko'ra, bu kabi ayblovlar ikki davlat aloqalariga putur yetkazishi mumkin.

VikiLiks sahifasi o'tgan oy oshkor qilgan hujjatlardan shunisi ma'lumki, AQSh Yaponiyaning 35 ta kompaniyasi, vazirlari va ayrim fuqarolari ketidan josuslik qilgan.

AQSh-Yaponiiya munosabatlari, savdo muzokaralari, iqlim o'zgarishi va boshqa mavzularda ma'lumot to'plangani aytiladi. Hujjatlardan razvedka kuzatuvi 2006-yilda boshlanganini bilish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG