Breaking News

Huquq tashkiloti: Shinzo Abe Markaziy Osiyoda erkinlik haqida gapirsin


Yaponiya rahbari, 2012-yilda hukumatga kelgan Bosh vazir Shinzo Abe global maydonda faol harakat qilib tanildi. G’arb matbuotining yozishicha, u demokratiyalar bilan yaqindan ishlab, shu bilan birga, pragmatik o’ylaydi va demokratik-huquqiy jihatdan oqsoq o’lkalar bilan ham kelishadi.
Yaponiya rahbari, 2012-yilda hukumatga kelgan Bosh vazir Shinzo Abe global maydonda faol harakat qilib tanildi. G’arb matbuotining yozishicha, u demokratiyalar bilan yaqindan ishlab, shu bilan birga, pragmatik o’ylaydi va demokratik-huquqiy jihatdan oqsoq o’lkalar bilan ham kelishadi.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe 50 ta firma vakillari hamrohligida Markaziy Osiyo davlatlariga safarini boshlamoqda. 22-28-oktabr kunlariga belgilangan tashrif davomida O’zbekistonda ham bo’ladi. Mo’may sarmoya bilan kelgan Abe evaziga mintaqadan muntazam energiya olib turmoqchi. Huquq tashkilotlari esa Abeni safar davomida regiondagi huquqbuzarliklar haqida so'zlashga undayapti.

Huquq tashkiloti: Shinzo Abe Markaziy Osiyoga safari paytida huquq haqida gapirsin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:40 0:00

Yaponiya - jahonning uchinchi eng yirik iqtisodiyoti. Mamlakat dunyodagi eng qudratli donorlardan hisoblanadi. Yuqori texnologiyasi, jadal taraqqiy etgan elektronikasi, avtomobil sanoati bilan tanilgan. Tabiiy zaxiralarga nihoyatda muhtoj va bu ehtiyojni iloji boricha ko’proq davlatlar bilan hamkorlikni oshirish, texnologik bilim evaziga xomashyo olish siyosatini yuritish orqali qondirishga urinadi. Erkin, demokratik jamiyat va Qo’shma Shtatlarning Osiyodagi ishonchli ittifoqchilaridan.

Yaponiya rahbari, 2012-yilda hukumatga kelgan Bosh vazir Shinzo Abe global maydonda faol harakat qilib tanildi. G’arb matbuotining yozishicha, u demokratiyalar bilan yaqindan ishlab, shu bilan birga, pragmatik o’ylaydi va demokratik-huquqiy jihatdan oqsoq o’lkalar bilan ham kelishadi. Abe, ayniqsa, Fukushima yadro zavodidagi halokat ortidan neft-gazga boy Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikka zo’r berdi. Aytish kerak, 2011-yilgi bu fojiadan so’ng Tokio yadro energiyasi ishlab chiqarish ko’lamini keskin qisqartirdi. Bu kamchilikni esa neft, ko’mir va gaz importi hisobiga qoplashga harakat qilinmoqda.

Bu gal ham mintaqaga o’nlab kompaniyalar vakillari bilan borgan Shinzo Abe energiyaga doir o’nlab bitimlar imzolashi kutilmoqda. Misol uchun, “Mitsubishi Heavy Industries” korporatsiyasi O’zbekistonda yangi kimyoviy zavod qurish uchun ruxsat olgan. Turkmaniston va Qozog’istonda ham yangi gaz va neft konlariga ishlov berish to’g’risida kelishuvlarga qo’l qo’yiladi. Tokio bundan tashqari qator loyihalar, jumladan, temiryo’l, konchilik, avtomobilsozlik, telekommunikatsiya, elektronika, to’qimachilik va boshqa sohalarga investitsiya kiritmoqda.

Ko’rib turganimizdek, deydi amerikalik ekspert Vilyam Bruks, Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi siyosatida ikki muhim omil bor:

“Birinchidan, boy energiya manbalarini qo’lga kiritish. Ikkinchidan, mintaqada o’z ta’sirini mustahkamlash; Xitoy va hatto Rossiyaning shiddat bilan o’sib borayotgan qudratiga teng kelish”, - deydi Bruks.

1990-yillar boshidan 2000-yillar oxiriga qadar AQShning Yaponiyadagi elchixonasida ishlagan bu diplomatning tan olishicha, Tokio-Markaziy Osiyo rishtalariga doir tahlil-ma’lumot juda oz. Chunki iqtisodiy-madaniy aloqalarda bir qadar o’sish aynan 2000-yillar o’rtalaridan keyin kuzatildi.

Abe hukumati davrida, masalan, madaniy-ta’limiy almashinuv va malaka oshirish dasturlari kengaydi. Region mamlakatlari esa bu hamkorlikni jon deb qarshi oldi. Markaziy Osiyo faqat Xitoy va Rossiyaga bog’lanib qolmaslikka intilib keladi, shunday ekan, savdo sheriklar qanchalik ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi.

Inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" tashkiloti nazarida Shinzo Abe safari davomida huquqiy muammolarni ham ko'tarishi kerak. Erkinlik, demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga asoslangan diplomatiyamiz degan aynan Abe edi, deyiladi Human Rights Watchning bugungi bayonotida. Shunday ekan, Turkmaniston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston va O'zbekistonda paytida Yaponiya rahbari ularni huquqiy islohotlarga da'vat etsin, deyiladi unda.

XS
SM
MD
LG