Jennifer Lopez Turkmaniston prezidenti uchun qo'shiq aytganidan afsusda

  • Amerika Ovozi

Amerikalik taniqli xonanda Jennifer Lopez Turkmaniston prezidentini tug’ilgan kuni bilan qutlab, qo’shiq aytib bergan.

"Lekin mamlakatda inson huquqlari bilan bog’liq ahvoldan boxabar bo’lganimda, Turkmanistonga umuman bormas edim", - deyiladi xonandaning bugungi bayonotida.

Lopez kecha Kaspiy dengizi bo'yidagi Avaza dam olish maskanida katta sahnada konsert bergan.

Tadbir Xitoyning "National Petroleum Cosp" neft kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan.

Unda prezident Berdimuhammedov, boshqa mutasaddilar bo’lgan.

Lopezning aytishicha, konsert oxirida undan turkman rahbarini qutlab “Happy birthday to you” (Tavallud kuningiz bilan) qo’shig’ini kuylab berish so’ralgan.

San’atkot "iltifot ko’rsatdim", xolos, deydi. Xonanda o'sha payt turkman milliy libosida chiqqan.

Inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" tashkiloti ta'rifiga ko'ra, Turkmaniston inson qadri, haq-huquqi eng toptalgan jamiyatlardan.

"Matbuot va diniy erkinlik dahshatli tarzda nazorat qilinadi. Fikr erkinligi, muxolif mulohazani bo'g'ishning eng keng qo'llanadigan usuli - qamoqqa tashlash bo'lib qolmoqda. Mamlakat xalqaro tashkilotlar va chet davlatlar bilan aloqani tobora kengaytirib borayapti, biroq huquq sohasida biror ijobiy siljish yo'q", - deyiladi xalqaro huquq tashkilot sahifasida.




Jennifer Lopez Turkmaniston sahnasida, 29-iyun, 2013:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG