Shvetsiya Falastinni tan oldi, Yevropa davlatlarini namuna olishga chaqirdi

  • Amerika Ovozi

Nablus, Iordan daryosining g'arbiy sohili.

Nablus, Iordan daryosining g'arbiy sohili.

Payshanba kuni Shvetsiya Falastin davlatini tan olishi ketidan Isroil o'z elchisini Stokgolmdan chaqirib oldi.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Margot Volstrom bu qaror Falastin-Isroil tinchlik muloqotini qayta tiklashga ko'maklashadi va Yevropadagi boshqa davlatlar ham Shvetsiyadan namuna oladi degan umidda.

Falastin rahbariyati Stokgolmning qarorini olqishlayapti, Isroil esa norozi.

Qo'shma Shtatlar nazarida Falastin davlatchiligi bevosita Isroil va Falastin o'rtasida hal qilinadigan masala.

Quddusdagi al-Aqsa masjidi bugun qisman ochiq. Isroil politsiyasi chorshanba kuni inshootni butunlay yopib qo'ygach, Falastin ma'muriyati buni urush e'lon qilishga qiyoslagan edi.

Hududda hafta boshida ro'y bergan otishmada avval isroillik ruhoniy jarohatlangan; ketidan politsiya falastinlik bir shaxsni otib o'ldirgan edi.

To'polon ko'tarilmasligi uchun musulmon va yahudiylar uchun muqaddas sanalgan masjid va uning atrofini vaqtincha to'sib qo'ydik, deydi Isroil huquq-tartibot xodimlari. 50 yoshgacha bo'lgan erkaklar hududga hamon yo'latilmayapti.

G'azoda hukmron HAMAS va Isroil o'rtasida shu yil ro'y bergan ikki oylik urush ortidan yahudiy va falastinliklar munosabati hanuz tarang. Ixtilof 21 mingdan ziyod odam, asosan, g'azolik tinch aholini hayotdan olib ketgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG