AQSh davlat kotibi Afg’onistonda

  • Amerika Ovozi

Davlat kotibi Jon Kerri kutilmaganda Afg’onistonga safar qilib, prezident Hamid Karzay bilan uchrashdi.

Davlat kotibi Jon Kerri kutilmaganda Afg’onistonga safar qilib, prezident Hamid Karzay bilan uchrashdi.

Davlat kotibi Jon Kerri kutilmaganda Afg’onistonga safar qilib, prezident Hamid Karzay bilan uchrashdi.

Xalqaro qo’shinlar kelasi yil mamlakatdan butunlay ketar ekan, AQSh askarlarining qolish-qolmasligi borasida xavfsizlik bitimini muhokama qilib olish kerak. Hujjatni ishlab chiqish uchun oktabr oxiriga qadar muhlat berilgan.

Kobul va Vashington bu haqda bir yildan oshiq muzokara qiladi. Biroq Karzay kelgusida har qanday xorijiy intervensiyaga qarshi kafolat talab qilayapti.

Bundan tashqari, xalqaro koalitsiya mahalliy aholiga jabr qilib, mamlakat suverenitetini oyog’osti qilmoqda, deya norozi afg’on rahbari.

Amerika esa xorij askarlariga aksilterror amaliyotlarda qatnashish huquqi berilsin, deya talab qilayapti.

Prezident Karzay ajnabiy kuchlar mahalliy aholiga ziyon qilishiga yo’l qo’ya olmaymiz, deya javob qiladi.

Tomonlar bitimni ma’qullay olmasa, Amerika harbiylari 2014-yil oxirida Afg’onistonni tark etadi. AQSh qo’shinlari ketsa, NATOning boshqa davlatlari ham mamlakatda askar qoldirmoqchi emas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG