Breaking News

Jon Kerri: Isroil soliq tushumlari, ayrim yerlarni Falastinga qaytarsin


Isroilda Xolokost fojeasini xotirlash marosimida qatnashgan diplomat so’ng Falastin bosh vaziri Salom Fayyod va Isroil prezidenti Shimon Peres bilan gaplashgan.
Isroilda Xolokost fojeasini xotirlash marosimida qatnashgan diplomat so’ng Falastin bosh vaziri Salom Fayyod va Isroil prezidenti Shimon Peres bilan gaplashgan.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharqda tinchlik muzokaralarini jonlantirish maqsadida Isroil va Falastin rasmiylari bilan uchrashmoqda.

Jon Kerri Falastin va Isroil rahbarlarini muzokaraga qaytarmoqchi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:03 0:00
Yuklab oling

Isroilda Xolokost fojeasini xotirlash marosimida qatnashgan diplomat so’ng Falastin bosh vaziri Salom Fayyod va Isroil prezidenti Shimon Peres bilan gaplashgan.

Falastin va Isroil rahbariyati oxirgi bor 2010-yilning sentabrida muloqot qilgan edi.

Falastin prezidenti Mahmud Abbosning aytishicha, Isroil siyosiy mahbuslarni ozod qilib, G’arbiy sohil va Sharqiy Quddusda yahudiy mahallalarini qurishni bas qilsagina Falastin muzokaraga qaytadi. Mahalliy aholi bu hududni Falastinning ajralmas qismi deb hisoblaydi. Isroil hukumati esa muzokaralar uchun oldindan biror shartlar qo’yilmasligini talab qilmoqda.

Davlat departamentining bildirishicha, Jon Kerri o’rtada ishonchni tiklashga urinayapti. Jumladan, Kerri Isroilga Falastindan olingan soliq tushimlarini ma’muriyatga uzilishsiz qaytarishni, G’arbiy sohilda 1967-yilgi urush paytida bosib olingan ayrim tumanlarni Falastin ahliga topshirishni taklif qilmoqda.

Xabarlarga ko’ra, o’z navbatida prezident Abbos Falastin davlatchiligi masalasini, Isroil bilan hisoblashmay, xalqaro tashkilotlar muhokamasiga olib chiqishni to’xtatishga rozi. O’tgan yilning oxirida Isroil e’tiroziga qaramasdan masala BMTda muhokamaga qo’yilib, Falastinga a’zo bo’lmagan kuzatuvchi davlat maqomi berilgan edi.

Davlat kotibi Kerri mintaqa bo’ylab safari davomida prezident Abbos, Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyip Erdog’an va Tashqi ishlar vaziri Ahmed Dovuto’g’li bilan ham uchrashdi.

Kecha Istanbulda Dovuto’g’li bilan o’tgan qo’shma matbuot anjumanida Kerri rasmiylarni Isroil bilan diplomatik rishtalarni to’liq tiklashga undadi.

“Yaqin Sharq barqarorligi uchun g’oyat muhim bo’lgan Turkiya-Isroil aloqalari yaqin orada qayta tiklanishini istaymiz”, - dedi Jon Kerri. “Elchilar tez orada ishga qaytib, munosabatlar izga tushadi degan umiddamiz”, - deydi u.

Amerika bosh diplomati fikricha, ikki davlat 2010-yilgi hujum yuzasidan ham kelishmovchilikni bir yoqli qilishi kerak. Isroil Turkiyaning G’azo sektoriga yo’l olayotgan gumanitar kemasiga hujum qilib, sakkiz turk va bir amerikalikni o’ldirgan edi.

O’tgan oy AQSh rahbari Barak Obamaning Quddusga tashrifi chog’ida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o’sha voqea uchun Turkiyadan kechirim so’radi. Tomonlar hozir kompensatsiya masalasida gaplashmoqda.

Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Qo’shma Shtatlar va Turkiya Suriyada siyosiy o’zgarishlar tinch amalga oshishini xohlaydi. Rasmiy Anqara suriyalik qochqinlarga boshpana berishda saxovatini ayamadi, deydi u.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisob-kitobicha, bugun Suriyadagi urushdan qochib Turkiyada jon saqlayotganlar 250 mingdan oshgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG